Bosh prokuror: «O‘zmedimpeks» korxonasi dori vositalarini qimmat sotib olib, budjetga 9,3 mln dollar va 4 mlrd so‘m zarar yetkazgan

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasida sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma'ruza qildi.
“O‘zmedimpeks” mansabdor shaxslari so‘nggi ikki yilda xorijdan “ampitsilin”, “tsefazolin”, “tseftriakson” va shu kabi boshqa dori vositalarini bir necha barobar qimmat narxda sotib olib, 9,3 mln. dollar va 4 mlrd. so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirgan.
Oqibatda, dori-darmonlarga talabni haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib belgilash o‘rniga, ayrim dori vositalarini asossiz ravishda, ehtiyojdan bir necha barobar ortiq xarid qilib, tibbiyot muassasalariga qabul qildirish, bu bilan budjet mablag‘larini sovurishga sharoit yaratib berilgan.
Xususan, tibbiyot muassasalariga 2019 yilda “O‘zmedimpeks” korxonasi tomonidan 40 mlrd. so‘mlik, ehtiyoj bo‘lmagan va yaroqlilik muddati shu yilda tugaydigan 719 ming dona dorilar yetkazib berilgan” – dedi bosh prokuror.
Shuningdek N. Yo‘ldoshev yana bir masala – tibbiyot gipsidan foydalanish ahvoliga e'tibor qaratdi.
“Ma'lumki, inson suyaklarining sinishini davolashda tibbiyot gipsidan foydalaniladi. O‘rganishlar, tibbiyot muassasalarida qonun talablari buzilib, so‘nggi ikki yilda 277 mingta holatda gips qilish uchun tibbiyot gipsi o‘rniga 351 tonna qurilish gipsidan foydalanilganligini ko‘rsatdi.
Xususan, Farg‘onada 30, Buxoroda 33, Toshkent viloyatida 35, Namanganda 36, Qashqadaryoda 38, Samarqandda 43 va Toshkent shahrida 48 tonna qurilish gipsidan foydalanilgan.
Qurilish gipsini qo‘llash, o‘z vaqtida, bemorlarda jarohat olgan suyakning siljishi, gips qo‘yilgan soha terisining shilinishi, teri allergiyasi kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Shunday bo‘lsa-da, respublikada tibbiy gips ishlab chiqaruvchi bironta korxona tashkil etilmagan, vazirlik esa, bunday tashabbus bilan chiqmagan” – dedi bosh prokuror o‘z ma'ruzasida.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi

19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi

18:41 / 16.08.2024
Nig‘matilla Yo‘ldoshev Kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi

18:42 / 19.07.2024