O‘zbekiston | 09:11 / 26.12.2019
24537
6 daqiqa o‘qiladi

Chegara orqali avtoyo‘l o‘tkazish punktlaridagi VIP zallardan bepul foydalanuvchi mansabdorlar ro‘yxati ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtoyo‘l o‘tkazish punktlarida alohida toifali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish yo‘laklari to‘g‘risidagi nizom e'lon qilindi.

Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtoyo‘l o‘tkazish punktlarida alohida toifali yo‘lovchilarga maxsus zallarda (VIP zal) pullik xizmatlar ko‘rsatishni tartibga soladi shuningdek, VIP zallardan yo‘lovchi sifatida bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxatini belgilab beradi.

Nizomga ko‘ra:

VIP zal – yuqori qulayliklarga ega bo‘lgan, yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish, ularni hamda ularga tegishli bo‘lgan yuklarni chegara, bojxona va qonun hujjatlarda belgilangan boshqa turdagi nazoratlardan alohida o‘tkazish uchun chegara o‘tkazish punktlarida tashkil etiladigan maxsus joy;

VIP zallaridan foydalanuvchi shaxslar – mazkur Nizomga ilova qilingan ro‘yxatga asosan VIP zallardan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar va diplomatik missiyalar xodimlari, shuningdek VIP zallardan foydalanish uchun belgilangan to‘lovlarni to‘lagan boshqa yo‘lovchilar;

VIP zalida xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 102-sonli qarori talablari asosida tanlab olingan yuridik shaxs.

 Davlat chegarasi orqali avtoyo‘l o‘tkazish punktlaridagi maxsus zallardan (VIP) bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar va diplomatik missiyalar xodimlari toifalarining ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari va ularning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati rahbari;

O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi sektorlari mudirlari.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati apparati rahbari va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari.

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi apparati rahbari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesi raisi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va qo‘mitalari raislari;

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman);

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri apparati mudiri, Axborot-tahliliy departamentlar mudirlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro apparati boshqarmalari boshliqlari.

5. Markaziy idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi raisi va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xavfsizligi Davlat xizmati raisi va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi direktori.

6. Vazirliklar va idoralar, hokimiyatlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirliklari vazirlari va ularning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitalari raislari va ularning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va Toshkent shahri hokimlari.

7. Diplomatik missiyalar

Chet el diplomatik vakolatxonalari rahbarlari va ularning oila a'zolari (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan berilgan «A» seriyadagi kartochkalar);

chet el mamlakatlari ishlaridagi ishonchli vakillar va ularning oila a'zolari (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan berilgan «B» seriyadagi kartochkalar);

xalqaro tashkilotlar va vakolatxonalar rahbarlari, ularning oila a'zolari (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan berilgan «B» seriyadagi kartochkalar);

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatining yozma talabnomasi asosida O‘zbekistonda bo‘lgan yoki tranzit bo‘lib turgan xorij delegatsiyalari.

8. Boshqa tashkilotlar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi va uning o‘rinbosarlari;

Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi rahbari - Mitropolit.

Mavzuga oid