Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksporti uchun chet el bozorlariga chiqish tartib-taomili osonlashadi
Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisida “O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiyaga (Rim, 1951 yil 6 dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma'qullangan edi. Prezident mazkur Qonunni imzoladi.
Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Bahodir Tojiyevning yozishicha, ushbu Qonun O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirish va milliy fitosanitariya tizimini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish maqsadlariga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konvensiyaga qo‘shilishi mamlakatda fitosanitariya xavfsizligini mustahkamlash va respublikaning eksport salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga:
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksporti uchun chet el bozorlariga chiqish tartib-taomilini osonlashtiradi;
O‘zbekistonning fitosanitariya tizimini yaxshilash va xalqaro standartlarni implementatsiya qilish uchun maslahatlar va moliyaviy mablag‘lar shaklida xalqaro tashkilotlardan olinadigan texnik yordam hajmini oshiradi;
milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtiradi, natijada mamlakatlarda fitosanitariya sohasidagi barcha hujjatlar tan olinadi va O‘zbekistondan mahsulot eksport qilishda qo‘shimcha shart-sharoitlar o‘rnatilishining oldini oladi.
Shuningdek, Qonun Konvensiya a'zolari bilan hamkorlik uchun quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Fitosanitariya chora-tadbirlari komissiyasi tomonidan belgilab beriladigan o‘simliklar uchun xavfli organizmlar, xususan, bunday tartib-taomillarga muvofiq bevosita yoki potensial xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlar mavjudligi, ularning namoyon bo‘lishi yoki tarqalishi haqidagi axborot almashish sohasida hamkorlik qilish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan va favqulodda vaziyatlarda xalqaro harakatlarni talab qiladigan zararli organizmlarga qarshi kurashish bo‘yicha istalgan maxsus kampaniyalarda ishtirok etish;
fitosanitariya xavfini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan texnik va biologik axborot taqdim etish yuzasidan hamkorlik qilish.
Mavzuga oid
17:20 / 23.06.2026
Fermerlarni haqoratlagan Muzrabot hokimi hayfsan oldi
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
09:06 / 03.06.2026