Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandga «Afrosiyob» poyezdining qo‘shimcha 4ta reysi yo‘lga qo‘yiladi
Samarqandga "Afrosiyob" poyezdining qo‘shimcha 4ta reysi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, fuqarolarning bayramni munosib kutib olishi va dam olish kunlari yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib, maroqli hordiq chiqarishiga imkoniyat yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Xabarda aytilishicha, “Toshkent - Samarqand - Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan №764/763 - "Afrosiyob" poyezdining qo‘shimcha 4ta reysi yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha reyslar 2019 yil 30, 31 dekabr hamda 2020 yil 1, 2 yanvar kunlari amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026