So‘x tumanida «Agrobank»ning kapital ta'mirlangan zamonaviy binosi ochildi
2018 yil 23 martdagi PQ-3620-sonli «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga asosan, bank tizimida xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaytirilmoqda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib bormoqda. Shuningdek, tizimda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarga zaruriy shart-sharoit yaratib berilishiga ham ahamiyat qaratilmoqda. Buni birgina olis So‘x tumani misolida ham ko‘rish mumkin.
Bugun, 26 dekabr kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanida «Agrobank»ning kapital ta'mirlangan va zamonaviy qiyofa kasb etgan binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda «Agrobank»ning viloyatdagi rahbariyati, tuman hokimi, nuroniy otaxonlar hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
«Buni biz so‘xliklarga prezidentimizning yangi yil sovg‘asi deb qabul qilamiz va berilayotgan shunday e'tiborlari uchun yurtboshimizga minnatdorchilik bildiramiz», – dedi tadbirda so‘z olgan 90 yoshli otaxon Subhiddin Sharofiddinov.
Zamonaviy binoning ochilishi tumandagi «Agrobank» xodimlari uchun navbatdagi yaxshi yangilik bo‘ldi. Chunki 22 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda bankning Farg‘ona viloyati boshqaruvchisi Azimov Murodjon Kamilovichning nomzodi 44-So‘x saylov okrugidan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputatligiga saylangan edi.
Bank binosini kapital ta'mirlash maqsadida davlat tomonidan 1,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ta'mirlash ishlari «Vertikal plyus» qurilish firmasi tomonidan amalga oshirildi.
Yangi ofisga salkam 700 million so‘mlik mebellar olib kelinib, jihozlandi; xodimlar va mijozlar uchun zaruriy sharoitlar yaratildi.
Ayni paytda bankda 29 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib borishmoqda. Bu yerda «Back-office» va «front-office» tizimi orqali mingdan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
2020 yil ostonasida tumanning Zangat mahalla fuqarolar yig‘inida yangi zamonaviy inshoot qurib, foydalanishga topshirildi. Alohida qayd etish lozimki, bajarilayotgan barcha ishlarda so‘xlik tadbirkorlarning hissasi juda katta. Tumanga xorijiy investitsiyani jalb qilgan holda, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 793-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida bugun So‘xda ta'rifga arzigulik ish amalga oshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 6-7 may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilab bergan topshiriqlari ijrosi to‘g‘risida yig‘ilish bayoniga asosan, So‘x tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan «Dilshod» xususiy korxonasi tomonidan zamonaviy AYoQSh bunyod etish hamda Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko‘rsatilgan 793-sonli qaroriga binoan investitsiya loyihasi ishlab chiqilgan. Bugun shu loyiha tumanda amalga oshirildi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 200 million so‘m bo‘lib, tadbirkorning o‘z mablag‘i evaziga qurib bitkazildi va tuman ahliga taqdim etildi. Yo‘l bo‘yida joylashgan bu xizmat ko‘rsatish kompleksi tarkibiga zamonaviy AYoQSh, restoran, avtomobillarni yuvish shoxobchasi, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish nuqtasi, sanitariya-gigiyena tizimi shoxobchalari joylashgan bo‘lib, o‘zining qulayligi bilan ham ahamiyatlidir.
Shuni ham alohida qayd qilish lozimki, «Niso» nomi bilan faoliyat yuritadigan zamonaviy restoran So‘x tumanida qurib foydalanishga topshirilgan birinchi restorandir.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Mavzuga oid
15:48 / 06.10.2024
“Yiliga 300-400 mln so‘m daromad olaman” – asalari boqib tirikchilik qilayotgan so‘xlik Asalbek aka
19:21 / 10.06.2024
"Agro Invitro": Jizzaxda qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion loyiha ishga tushirildi
15:05 / 29.04.2024
«Agrobank» Oltinsoy filiali boshqaruvchisi xizmat avtomobilida YTHga uchradi
20:32 / 26.02.2024