O‘zbekiston | 12:16 / 28.12.2019
1876
2 daqiqa o‘qiladi

«Nodavlat ta'limni boshqarish axborot tizimi» yaratiladi

Foto: Fotolia

“Nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim tashkilotida ta'lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarning yagona shakli tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 oktyabrga qadar nodavlat ta'lim tashkilotlari, ularning ta'lim oluvchilari, pedagoglari va ta'lim tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma'lumotni o‘z ichiga oladigan “Nodavlat ta'limni boshqarish axborot tizimi” yaratiladi.

Shuningdek, 2020 yil 1 oktyabrdan:

nodavlat ta'lim tashkiloti litsenziya olganidan keyingi litsenziya talablari va shartlaridan biri - “Nodavlat ta'limni boshqarish axborot tizimi”ga kiritish uchun tegishli ma'lumotlarni Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etish hisoblanadi;

mazkur tizimda nodavlat ta'lim tashkiloti, uning ta'lim oluvchilari, pedagoglari va ta'lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma'lumotning litsenziya olingandan boshlab 30 kun davomida yo‘qligi – litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki tugatish uchun asos bo‘ladi;

kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat blankalari berganlik uchun BHMning 10 foizi miqdorida yig‘im joriy etiladi.

Qaror bilan:

Nodavlat umumta'lim tashkilotining namunaviy ustavi;

Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid