Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin tergov izolyatorlarida homiladorlar uchun alohida kameralar ajratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tergov izolyatorlarida homiladorlar va voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan ayollar uchun alohida kameralar ajratish to‘g‘risidagi federal qonuni imzoladi.
Qonunda belgilanishicha, kamerada ona uch yoshgacha bo‘lgan farzandi bilan bo‘lsa, har bir farzand uchun to‘rt kvadrat metrdan kam bo‘lmagan joy ajratiladi.
Shuningdek, homilador va farzandli ayollar boshqa ayollardan alohida saqlanishi ko‘zda tutilgan.
Qonun mualliflarining qayd etishicha, gumonlanuvchi hamda ayblanuvchi homilador ayollar va farzandli onalar uchun saqlash sharoitlarining yaxshilanishi, boshqalardan alohida saqlanishi ularning tuzalish yo‘liga o‘tishiga yordam beradi.
Mavzuga oid
09:14
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026