«Soliq to‘lovchilar e'tirofi-2019»: Xalq mehrini qozongan rahbarlar, yil tayinlovi, yil voqeasi va boshqa nominatsiyalar
Telegramdagi Xushnudbek.uz kanali muallifi, huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha «Soliq to‘lovchilar e'tirofi-2019» jamoatchilik so‘rovi natijalarini e'lon qildi.
Nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlar kanal o‘quvchilari bergan ovozlar va qoldirgan izohlar asosida saralangan.
«YIL DAVOMIDA O‘Z TIZIMIDA KORRUPsIYaGA QARShI MUROSASIZ KURAShGAN DAVLAT TAShKILOTI»
Ushbu nominatsiyada «O‘zavtosanoat» kompaniyasi g‘olib chiqqan. Shu bilan birga ushbu nominatsiyada Davlat test markazi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va Soliq qo‘mitasi ham mushtariylar tomonidan ko‘p bor tilga olingan. Ushbu nominatsiyada 91,4 ming foydalanuvchi ovoz bergan.
«YIL DAVOMIDA KORRUPsIYa ELeMeNTLARI ENG YuQORI DARAJADA SAQLANIB QOLGAN SOHA (DAVLAT TAShKILOTI)»
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ushbu so‘rovnoma «g‘olibligini qo‘lga kiritgan». Shuningdek, hokimliklar, tibbiyot, ichki ishlar va sud sohasi ham ushbu nominatsiyada yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.
«XALQ MeHRINI QOZONGAN DAVLAT TAShKILOTI RAHBARI»
Mazkur nominatsiyada Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov eng ko‘p ovoz to‘pladi. 85,6 ming ovoz berilgan ushbu nominatsiyada Sherzod Shermatov (Xalq ta'limi vaziri), Tanzila Norboyeva (Senat raisi), Mamarizo Nurmuratov (Markaziy bank raisi), Ruslanbek Davletov (Adliya vaziri) nomlari ham qayd etilgan.
«XALQ MeHRINI QOZONGAN HOKIM»
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov g‘olib chiqqan so‘rovnomada 73,2 ming foydalanuvchi ovoz bergan. Turdimovdan tashqari ushbu so‘rovnomada Shuhrat Abdurahmonov (Andijon viloyati), Xayrulla Bozorov (Namangan viloyati), Jahongir Ortiqxo‘jayev (Toshkent shahar) va O‘ktam Barnoyev (Buxoro viloyati) nomlari ham qatnashgandi.
2019 YILDA FAOLIYaTI IJOBIY TARAFGA KeSKIN O‘ZGARGAN DAVLAT TAShKILOTI
Matbuot va axborot agentligidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga aylangan tashkilot ushbu nominatsiyada Xalq ta'limi vazirligi, Markaziy bank va banklar, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi hamda Maktabgacha ta'lim vazirligidan ko‘proq ovoz to‘plagan. So‘rovda jami 46,5 ming foydalanuvchi qatnashgan.
«2019 YILDAGI FAOLIYaTI DAVOMIDA AHOLINING ENG KO‘P E'TIROZIGA SABAB BO‘LGAN DAVLAT TAShKILOTI»
Yil davomida ko‘plab e'tirozlarga sabab bo‘lgan hokimliklarning natijasi so‘rovlarda ham aks etdi. Bundan tashqari, IIV Yo‘l harakati bosh boshqarmasi, Majburiy ijro byurosi, Energetika vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ham so‘rovda ishtirok etgan. Ushbu nominatsiyada 37,4 ming foydalanuvchi qatnashgan.
«YIL TAYINLOVI»
FIFAning yaqin o‘tmishdagi eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti etib tayinlangani ushbu nominatsiyada eng ko‘p ovoz oldi. Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa'dullayev, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiyev va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev ham ushbu yo‘nalishda ko‘p bora tilga olingan.
«YIL VOQeASI»
Abituriyentlarga uchta OTMga hujjat topshirish imkoni yaratilgani yil voqeasi deb topildi. Shuningdek, ushbu nominatsiyada quyidagi tashkilotlar ham mushtariylar tomonidan ko‘p bora tilga olindi:
— Daromad solig‘ining barchaga bir xil 12 foiz etib kamaytirilgani;
— OAV va blogerlarga ancha erkinlik berilgani;
— Naqd valuta sotish yo‘lga qo‘yilgani;
— Jasliq qamoqxonasi yopilgani;
— «The Economist» jurnali O‘zbekistonni «Yil mamlakati» deb tan olgani.
«YILNING ENG KATTA «QOVUN» TUShIRISh VOQeASI»
Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatovning «2,5 mln so‘m 5 farzandli oila uchun 1 oyga etadi» iborasi eng so‘nggi nominatsiyada eng ko‘p ovoz to‘plagan. Shuningdek, «Biz juda ko‘p go‘sht yeyapmiz», «O‘sha ro‘molini olib, og‘zingga tiqaman», «Shest sekund», «Toshkentga kelish uchun tumanidagi inspektordan talon olsin» iboralari ham kanal o‘quvchilarining «e'tirofi»ga sazovor bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:41 / 11.11.2024
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
23:45 / 08.11.2024
“Agar jurnalist haq bo‘lsa, biz uni tan olishimiz kerak” – prezident
16:18 / 28.10.2024
Komil Allamjonov avtomobiliga o‘q uzishda gumonlanib yana uch kishi ushlandi
23:51 / 27.10.2024