Xovos tumanida fermerlarning yerlari ommaviy ravişda olib qöyilmoqda. Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi bu harakatlarni “zudlik bilan bartaraf etiş”ga çaqirdi.
“Kuni keça Sirdaryo viloyati Xovos tumanida fermer xöjaliklarining yer maydonlarini olib qöyiş böyiça maxsus işçi guruh tuzilib, ularning yerlarini olib qöyiş çoralari körilayotgani haqidagi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar jamoatçilikning haqli e’tiroziga sabab bölmoqda.
Ma’lumotlarga köra, prokuratura, içki işlar, majburiy ijro, soliq va boşqa idoralardan iborat işçi guruhlar fermer xöjaligi rahbarlarining uylarigaça borib, ijro hujjatlarisiz fermerlarning şaxsiy mol-mulkini xatlab, yerdan voz keçiş haqida majburiy ariza yozişni talab qilmoqda, ariza yozişni rad etgan fermerlarga nisbatan agroinspeksiya orqali tekşiruvlar ötkazilmoqda”, deyiladi partiya axborotida.
ÖzLiDePga köra, bu bölayotgan işlar – “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida” hamda “Fermer xöjaligi töğrisida”gi qonunlarga zid.
“Xovos tumanida fermer xöjaliklariga nisbatan olib borilayotgan bu kabi harakatlar uçun qonuniy asos va aniq sabablar bölişi lozim. Ta’kidlaş joizki, 2025 yil va 2026 yilning bugungi kuniga qadar bunday ommaviy tekşiruvlarni ötkaziş yuzasidan heç qanday qonunçilik hujjatlari qabul qilinmagan”, – deyiladi partiya bayonotida.
ÖzLiDePning Qonunçilik palatasidagi deputati Risqul Siddiqov holat yuzasidan asoslantirilgan tuşuntiriş beriş böyiça Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovga deputatlik sörovi kiritgan.
“Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi mazkur harakatlarni zudlik bilan bartaraf etiş, tumanda qişloq xöjaligini yanada rivojlantiriş, xosildorlikni oşiriş, tölov intizomini mustahkamlaş va yerlardan samarali foydalaniş işlarini taşkil qilişning qonuniy hamda öz elektorati hisoblangan fermerlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlagan holda amalga oşiriş lozim deb hisoblaydi”, – deya ta’kidlaydi partiya.
Eslatib ötamiz, 2025 yil dekabr oyida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Xovos tumanida tanqidiy yiğiliş ötkazgan va Uluğbek Yöldoşevni işdan olib, uning örniga Qomus Yöldoşevni tuman hokimi etib tayinlagan edi

















