08:00 / 30.12.2019
0
39228

Surxondaryoda 3ta mashina ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

2019 yil 29 dekabr kuni 18:30larda, Surxondaryo viloyati Denov tumanidan o‘tgan 4R100 “Manguzar-Jarqo‘rg‘on-Bandixon-Oltinsoy-Denov” avtomobil yo‘lining 167-km.da YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmatiga ko‘ra, haydovchi, Oltinsoy tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan M.A. “UAZ” rusumli avtomobilini boshqarayotib, shu yo‘nalish bo‘ylab oldinda harakatlanib ketayotgan “Traktor”ni quvib o‘tish uchun yo‘lning qarama-qarshi harakat bo‘lagiga chiqqan vaqtida avtomobilga ortilgan yukning og‘irligi sababli boshqaruvni yo‘qotib ag‘darilgan. 

Shu yo‘nalish bo‘ylab qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, haydovchi, Denov tumanida yashagan, 1999 yilda tug‘ilgan T.Sh. o‘z boshqaruvidagi “VAZ-2107” rusumli avtomobilini “UAZ” avtomobili bilan to‘qnashuvini oldini olish maqsadida rulni o‘nga burgan vaqtida, avtomobil boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga ag‘darilgan. 

Shuningdek, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi, Uzun tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan T.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomobili “UAZ” avtomobili bilan to‘qnashgan.

Natijada “VAZ-2107” avtomobili haydovchisi T.Sh. va yo‘lovchisi, Denov tumanida yashagan, 1998 yilda tug‘ilgan T.Sh. voqea joyida halok bo‘lgan.  

Avtomobilning boshqa yo‘lovchilari, Denov tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan X.F. va 1997 yilda tug‘ilgan J.J. turli darajadagi tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.

Hurmatli haydovchilar, amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ga asosan haydovchi transport vositasini boshqarish vaqtida, harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yo‘l va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish yo‘nalishidagi ko‘rinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilangandan oshirmasdan boshqarishi kerak.

Shuningdek, haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin:

o‘zi o‘tmoqchi bo‘lgan harakatlanish bo‘lagi quvib o‘tish uchun yetarlicha masofada bo‘sh ekanligiga, quvib o‘tish jarayonida harakatlanishga xavf tug‘dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga;

quvib o‘tishni tugallayotganda quvib o‘tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan bo‘lakka qaytib o‘ta olishiga ishonch hosil qilishi shartligi eslatib o‘tilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top