Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvanda bosh shtab boshlig‘i va yana 7 kishi aviahalokat qurboni bo‘ldi
Foto: South China Morning Post
Tayvan shimolida UH-60 Black Hawk harbiy vertolyoti avariyaviy qo‘nishni amalga oshirishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Vertolyotda hammasi bo‘lib 13 kishi, jumladan ekipajning 3 nafar a'zosi va harbiy yangiliklar agentligi muxbiri bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar orasida Tayvan bosh shtabi boshlig‘i Shen Imin, ikki general, bir podpolkovnik, bir kapitan, ikki nafar katta serjant va bir mayor bor. 5 kishi tirik topilgan.
Vertolyot Sushan aeroportidan soat 7:47da havoga ko‘tarilib, Ilan shahriga uchayotgan bo‘lgan. Taiwan News nashrining yozishicha, soat 8 atrofida boshqaruv markazi noma'lum sabablarga ko‘ra vertolyot bilan aloqani yo‘qotgan va u tog‘li hududda keskin qo‘nishni amalga oshirgan. Shundan keyin voqea joyiga ikkita Black Hawk vertolyoti va 80 nafar harbiy jo‘natilgan.
Mavzuga oid
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
11:22 / 23.03.2026
Qatarda harbiy vertolyot halokati: yetti kishi vafot etdi
23:17 / 18.03.2026
“Xitoyning maqsadi – radarlarni sinab ko‘rish” - Hikmatilla Kazakbayev
15:09 / 05.02.2026