Turkiyada Liviyaga harbiylar yuborishga ruxsat beruvchi qonun kuchga kirdi
Turkiya yaqin ikki kun ichida Liviyaga harbiylarning birinchi guruhini yuboradi.

© Presidential Press Service via AP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turkiyalik harbiylarni Liviyaga jo‘natishga ruxsat berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ratifikatsiya qildi. Qonun Resmi Gazete nashrida e'lon qilinib, rasman kuchga kirgan.
Shu kunlarda Turkiya parlamenti hujjat loyihasi uchun parlamentning 325 nafar deputati ovoz bergandi. Muxolifatdagi 184 deputat qarshi bo‘lgan.
Taxmin qilinishicha, Turkiya avvaliga Afrika shimoliga Liviya Milliy kelishuv hukumati harbiylarini harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazuvchi mutaxassislarni yuborishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, Anqara bu mamlakatga Turkiyada ishlab chiqarilgan qurollarni yetkazib berishi mumkin.
Al Arabiya telekanali o‘z manbasiga tayanib xabar qilishicha, Turkiya dastlabki harbiylarini ikki kun ichida Liviyaga jo‘natmoqchi.
Ayni paytda Liviyada parallel ravishda ikkita ijro hokimiyati organi faoliyat olib bormoqda: Fayoz Sarojning BMT tomonidan tan olingan Tripolidagi Milliy kelishuv hukumati va mamlakat sharqidagi Beng‘ozi shahridagi parlament bilan birgalikda amalda bo‘lgan va feldmarshal Xalifa Haftarning Liviya milliy armiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Abdulla Abdurahmon as-Soniyning muvaqqat mahkamasi.
Liviya davlati 2011 yilda NATO kuchlarining 8 oy davom etgan bombardimonlari natijasida o‘z mavjudligini yo‘qotgan. O‘shandan buyon bu mintaqada fuqarolik urushi davom etmoqda. Rossiya, Fransiya, Misr, BAA kabi davlatlar ko‘magidagi Xalifa Haftar 5 yildan buyon G‘arbdagi hukumatga qarshi kurashib keladi. Uning armiyasi 2018 yilning aprelida Tripoli tomon yurish boshlagan, 12 dekabr kuni uning qurolli kuchlari poytaxt uchun hal qiluvchi jangga kirishayotgani ma'lum qilingandi. Liviya milliy armiyasi qo‘mondonligi mamlakatga har qanday boshqa davlatning kirib kelishiga qarshi turishini bir necha bor ta'kidlagan hamda Turkiyaning harbiy yordam ortilgan kemalarini cho‘ktirib yuborish va yuk samolyotlarini urib tushirish bilan tahdid qilgan.
23 dekabr kuni Liviya Milliy kelishuv hukumati rahbari Fayoz Saroj Anqaraga harbiy yordam so‘rab murojaat qilganini tasdiqladi. Noyabr oyida Turkiya va Liviya o‘rtasida imzolangan harbiy sohadagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum yerusti, dengiz va havo operatsiyalarida texnikalar, qurilmalar va qurol-yarog‘ yetkazib berishni ko‘zda tutadi.
Turkiya prezidenti esa Liviya hududida ruslarning «Vagner» xususiy harbiy kampaniyasining 2 mingga yaqin harbiysi mavjudligini aytib (OAV ma'lumotiga ko‘ra, rossiyalik yollanma harbiylar 2019 yil kuzida Haftark kuchlariga yordam berish uchun yetib kelgan), agar Liviya yordam so‘rasa, Turkiya harbiylarini yuborishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi
Jahon | 17:25
-
Vatikanda yangi Rim papasining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:22
-
Dunyoda qariyb 300 mln kishi ochlik yoqasida ekani ma’lum qilindi
Jahon | 17:19
-
Tramp Putin bilan gaplashmoqchi. U «„qonli hammom“ni to‘xtatish»ni muhokama qilishi haqida yozdi
Jahon | 16:30
Mavzuga oid

20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi

19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV

10:26 / 16.05.2025