Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida haydovchi piyodani urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketdi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
2019 yil 1 yanvar kuni soat 05:30larda, Toshkent viloyati Toshkent tumani hududida, haydovchi Toshkent tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan A.Z. “Mersedes-Bens” rusumli avtomobilini mast holda boshqarayotib, yo‘l chetidagi piyoda Toshkent tumanida yashagan, 1977 yilda tug‘ilgan P.D.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada piyoda P.D. voqea joyida halok bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida haydovchi Z.A. aniqlanib, shu kuni ushlangan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi haydovchining spirtli ichimlikdan mast holda avtomobil boshqarishi, qalin tuman tushganligi sababli piyodani ko‘rmay qolishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli haydovchilar, mast holda avtomobil boshqarmang, bu o‘zingiz va o‘zgalar hayotiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Shuningdek, transport vositasini boshqarish vaqtida, yo‘l va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish yo‘nalishidagi ko‘rinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilangandan oshirmasdan boshqarishni unutmang”, - deyiladi IIV YHXBB xabarida.
Mavzuga oid
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026
O‘zbekistonda 3 oyda YTH oqibatida 346 kishi halok bo‘ldi – IIV
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
19:24 / 07.04.2026