Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Erdo‘g‘anni Liviyadagi vaziyatga aralashmaslikka chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon suhbatida Liviyadagi vaziyatni keskinlashtirmaslik uchun unga aralashmaslikka chaqirdi. Bu haqda Oq uy xabar qildi.
Tramp Erdo‘g‘anga Turkiya parlamenti Liviyaga harbiylarni jo‘natish haqidagi qonun loyihasini ma'qullagandan keyin qo‘ng‘iroq qilgan.
“Prezident Tramp suhbatda xorijiy aralashuv Liviyadagi vaziyatni murakkablashtirishini ta'kidlab o‘tdi”, deyilgan Oq uy bayonotida.
2 yanvarda Turkiya parlamenti Liviyaga qo‘shinlarni yuborishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini qabul qilgandi.
Avvalroq Erdo‘g‘an Anqara Liviyada Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi yollanma jangchilari borligiga “ko‘z yumib o‘tirmasligini” aytgan. Uning ta'kidlashicha, rossiyalik yollanma jangchilar Liviyaning xalqaro tan olingan hukumatiga qarshi chiqayotgan Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni - marshal Halifa Haftarga ishlaydilar.
Mavzuga oid
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
12:19 / 29.05.2026
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026