Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahrayn va Iordaniya aviakompaniyalari Iroqdagi oxirgi voqealar sababli Bag‘dodga parvozlarni to‘xtatdi
Foto: AFP
Bahraynning eng yirik aviakompaniyasi Gulf Air AQSh zarbalaridan keyin Iroqning Bag‘dod va An-Najaf shaharlariga va u yerdan parvozlarni to‘xtatdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Avvalroq Iordaniyaning Royal Jordanian Airlines aviakompaniyasi shunday chora ko‘rgan. Aviakompaniya bayonotida ta'kidlanishicha, xavfsizlik bilan nobarqaror vaziyat yuzaga kelgani sababli Amman va Bag‘dod o‘rtasidagi parvozlarni to‘xtatib turishga qaror qilingan.
Shu bilan birga, kompaniyada Iroqning boshqa shaharlari, jumladan Basra, An-Najaf, Irbil va Sulaymoniyaga parvozlar odatdagi tartibda davom ettirilishi ma'lum qilingan.
Bag‘dod aeroportida 3 yanvarga o‘tar kechasi Eronning Islom inqilobi soqchilari korpusi maxsus bo‘linmasi “Al-Quds” qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy AQSh harbiylari zarbasi bilan o‘ldirildi. Eronning ikkinchi raqamli kishisini yo‘q qilish operatsiyasi shaxsan AQSh prezidenti Donald buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.
Vashingtonda ta'kidlanishicha, generalni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya mudofaa xarakteriga ega bo‘lgan va undan Yaqin Sharqdagi amerikalik harbiylarni himoya qilish maqsad qilingan.
Mavzuga oid
15:21 / 01.04.2026
Bag‘dodda amerikalik jurnalist ayol o‘g‘irlab ketildi
12:53 / 10.03.2026
Eron Iordaniyadagi bundesver dala lageriga yana hujum qildi
13:12 / 09.03.2026
Bahrayndagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi
20:56 / 06.03.2026