O‘zbekiston | 20:22 / 04.01.2020
9695
2 daqiqa o‘qiladi

Nogironligi aniq shaxslarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bekor bo‘ladimi? SSV rasmiysi javob berdi 

Nogironligi ko‘rinib turgan shaxslarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bekor bo‘ladimi? Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu masalaga e'tibor qaratildi.  

Vazirlik huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi rahbari Alisher Inakov shunday deydi:

“Nogironligi bor shaxs odatda kam ta'minlangan bo‘ladi. Bugungi kunda to‘rt oy shifoxonada yotib kelishni tasavvur qilasizmi? Shu sababli mazkur masala yuzasidan bizga aniq topshiriq berilgan. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari faoliyatini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari” qarori loyihasida bu masala yozilgan, ya'ni nogironlik taxmin qilingan holatda 10-15 kun ichida uni belgilab berish ko‘zda tutilgan. Joylarga topshiriqlar berildi, ko‘rsatma xatlar ketdi. Bunaqa bemazagarchiliklar sodir bo‘layotgan holatlarni aniqlab, tezda tartibga chaqirib olamiz. 

Shuningdek, aniq o‘rinlarda darhol ikki yil muddatga nogironlik berib, keyin dinamik o‘zgarmasa, umrbod nogironlik berish tartibi ham bor” .

Agentlik rahbari so‘zlariga ko‘ra, 2018-2022 yillarda 42 ta tibbiy-ijtimoiy muassasada 388,4 mlrd so‘mlik qurilish-rekonstruksiya ishlarining manzilli ro‘yxati shakllantirilgan. Loyihalar doirasida tibbiy-ijtimoiy muassasalar sonini 52 tadan 62 taga, aholining ehtiyojmand toifalarini qabul qilish bo‘yicha imkoniyatlarni 69 mingdan 110 mingtagacha oshirish ko‘zda tutilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid