Qaror bilan “Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish” sxemasi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, proaktiv shaklda pensiya tayinlangan yoki tayinlash rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi.

Bunda SMS-xabarni yetkazish imkoni bo‘lmaganda xabarlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan fuqaroning yashash manziliga yetkazib beriladi.

2025 yil 1 oktyabrgacha “Pensiya” axborot tizimida fuqarolarning JShShIR ma’lumotlari asosida ularning nomiga rasmiylashtirilgan mobil aloqa abonent raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yaratiladi.