Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putinni «AQShni yo‘q qilib yubora oladigan yagona odam» deb atagani ma'lum qilindi
Amerikalik jurnalist Piter Bergen o‘z kitobida AQSh prezidenti Donald Tramp 2017 yilda unga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qo‘ng‘irog‘i haqida xabar qilinmaganiga qanday munosabat bildirgani haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Business Insider nashri ma'lum qildi.
Jurnalist bu haqda “Tramp va uning generallari: alg‘ov-dalg‘ovlik bahosi” (Trump and His Generals: The Cost of Chaos) deb nomlangan kitobida manbalarga tayanib so‘zlaydi. Kitobda yozilishicha, 2017 yil 27 yanvarda Tramp Oq uyda Britaniyaning o‘shandagi bosh vaziri Tereza Mey bilan tushlik qilib o‘tirganda Mey hamkasbidan Putin unga qo‘ng‘iroq qilgan-qilmagani haqida so‘raydi. AQSh prezidenti esa bunga javoban boshini “yo‘q” degandek qilib chayqatib qo‘ygan. Shunda Pentagonning razvedka boshqarmasi direktori Maykl Flinn Trampga Putin bir necha kun avval qo‘ng‘iroq qilganini ma'lum qiladi.
Bunga javoban Tramp Flinni va o‘z apparatining boshqa mansabdor shaxslarini qo‘ng‘iroq haqida ma'lum qilmaganlari uchun koyib ketadi. “Sen hazillashyapsanmi? Vladimir Putin menga qo‘ng‘iroq qilishga urinsa-yu, sen menga go‘shakni tutmasang? Sen umuman nima haqida o‘ylading?”, deb darg‘azab bo‘ladi AQSh prezidenti.
Kitobda ta'kidlanishicha, shunda Flinn Oq uyga oxirgi kunlar ko‘plab qo‘ng‘iroqlar bo‘lganini aytib o‘zini oqlashga urinadi. Biroq Tramp uni eshitishni ham istamay, Putinni “AQShni yo‘q qila olishi mumkin bo‘lgan Yer yuzidagi yagona odam” deb ataydi.
Putin va Tramp o‘rtasidagi ilk telefon suhbati 2016 yil noyabrda, o‘zaro ilk uchrashuv esa 2017 yil 7 iyulda Gamburgda “Katta yigirmatalik” sammiti vaqtida bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026