Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga quriladigan savdo komplekslari uchun shahar atrofidan yer ajratilishi belgilab qo‘yiladi
Bozor va savdo komplekslari faoliyatini yanada takomillashtirish va ulardagi davlat ishtirokini qisqartirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.
Muhokama uchun e'lon qilingan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, tadbirkorlik sub'yektlari va investorlarga quriladigan bozor va savdo komplekslari uchun tuman (shahar)lar rejalashtirish loyihasi va ma'muriy-hududiy birligining bosh loyihasiga muvofiq, Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlarning ma'muriy markazlarida shahar atrofidagi joylardan yer ajratilishi belgilanadi.
Bozor va savdo komplekslarining (faoliyat ko‘rsatayotgan bozor negizida savdo kompleksi tashkil qilinganda) qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari rastalari soni tuman (shahar) aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib tuman (shahar) hokimligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Bunda, bozor va savdo komplekslari qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari rastalarining 20 foizi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi o‘rinlarda Fermerlar kengashi deb yuritiladi) uning a'zolarini joylashtirish uchun ajratiladi.
Fermerlar kengashiga:
“Tomorqa xizmati” MChJ bilan birgalikda savdo rastalarini uzluksiz, sifatli qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari;
fermerlar, dehqonlar va tomorqa egalari o‘rtasida savdo rastalarini teng shartlarda shaffof va maqsadli taqsimlash;
bozor va savdo komplekslari ma'muriyati so‘rovnomalari asosida talab ko‘p qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqarorligini saqlash maqsadida bozorni ushbu mahsulotlar bilan to‘ldirish vazifalari yuklanadi.