Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketilayotgan oltin buyumlarni to‘xtatib qoldi

Illyustrativ foto
DXX xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining «G‘ishtko‘prik» xalqaro o‘tkazish punktida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyatida yashovchi fuqarolar S.O., R.F., K.G., A.M. va R.A. 1 kg. 168 gr. og‘irlikdagi tilla buyumlarni Qozog‘istonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lishganida to‘xtatib qolindi.
Shuningdek, «G‘ishtko‘prik» xalqaro o‘tkazish punktida DXX va bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan boshqa bir tadbirda esa Andijon shahrida yashovchi N.B. va uning turmush o‘rtog‘i M.O‘.ning 1 kg. 116 gr. og‘irlikdagi oltin buyumlarni o‘zlarining ikki yoshli nabirasining tagligi (pampers) orasiga yashirib, mamlakatimizdan olib chiqib ketishlariga chek qo‘yildi.
Aniqlanishicha, har ikki holatda ham qonunbuzarlar oltin buyumlarni Qozog‘iston orqali Hindiston davlatiga olib borib, sotishni rejalashtirishgan.
DXX xodimlari Toshkent viloyati hududida yana bir noqonuniy xatti-harakatga chek qo‘yishdi. Ma'lum bo‘lishicha, mahalliy fuqaro M.D. ko‘p vaqtdan buyon Angren va Olmaliq shaharlari yaqinidagi yopiq shaxtalardan noqonuniy qazib olingan oltinni andijonlik N.U.ga sotib kelgan.
M.D. navbatdagi oltin quymalarni N.U.ga uning qarindoshi T.M. orqali berib yuboradi. T.M. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina Andijon shahriga kirib kelgan vaqtida to‘xtatilib, tekshirilganda 1 kg 476 gr og‘irlikdagi oltin quymalar, shuningdek, 14 ming AQSh dollari va 8,9 mln so‘m borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergovoldi surishtiruv ishlari vaqtida T.M. oltin quymalarni N.U.ning iltimosiga ko‘ra M.D.dan 63 ming AQSh dollariga sotib olganligini bildirdi.
Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib N.U. ushlandi va zargarlik buyumlari yasab, sotish maqsadida muqaddam M.D.dan oltin quymalarni sotib olganligini tan oldi.
Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Toshkent viloyati fuqarosi G‘.R. «Qamchiq» dovoni hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarining birida namanganlik G‘.A.ga qariyb 1 kg og‘irlikdagi oltin quymalarni 294 mln. 600 ming so‘mga sotayotganida ularning har ikkisi qo‘lga olindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Pop tumani sudi hukmiga ko‘ra, G‘.R. 4 yil muddatga, G‘.A. 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiya razvedkasi: Eronning yadroviy dasturi «uzoq vaqtga» kechiktirildi
Jahon | 13:05
-
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38 mlnga yetdi
O‘zbekiston | 12:29
-
2025 yilning iyuni G‘arbiy Yevropa tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi
Jahon | 12:21
-
«G‘azo bu - fojia»: Tramp va Netanyahu G‘azo masalasida maxfiy uchrashuv o‘tkazdi
Jahon | 12:20
Mavzuga oid

15:14 / 08.07.2025
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

12:13 / 03.07.2025
Zangiotada sifatsiz dori vositalari va buyumlari savdosiga chek qo‘yildi

09:39 / 01.07.2025
Namanganda qalbaki valuta sotuvchilar qo‘lga olindi

20:26 / 27.06.2025