Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fox: AQShning Iroqda Eron ballistik raketalarini urib tushiradigan mudofaa tizimi yo‘q
AQSh qurolli kuchlari qo‘mondonligi Iroqda raketaga qarshi mudofaa vositalari yo‘qligi sababli Eron tomonidan Iroqdagi Qo‘shma Shtatlar obektlariga yo‘naltirilgan ballistik raketalarni urib tushirmaslikka qaror qilgan. Bu haqda Fox News telekanali Pentagondagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Manbalarning ma'lumot berishicha, AQShning Patriot va Avenger zenit-raketa majmualari Yaqin Sharqning boshqa nuqtalarida joylashgan.
"Biz keyingi ikki yil davomida diqqatimizni IShIDni yakson qilish va Iroqdagi kamsonli harbiylarimizni saqlashga qaratgandik. Bizga IShIDga qarshi kurashda raketaga qarshi tizimning keragi yo‘q edi", - degan manbalardan biri.
8 yanvarga o‘tar kechasi Iroq g‘arbidagi AQSh askarlari joylashgan Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi Eron tomonidan raketa hujumiga uchradi. Hujum eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun o‘ch olish harakati deb ataldi.