Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq hukumati Eron qaysi bazalarga zarba berishi to‘g‘risida AQShni avvaldan ogohlantirgan – CNN
Foto: Azad Muhammed/Anadolu Agency via Getty Images
Bag‘dod Eron qaysi harbiy bazalarga zarba berishi to‘g‘risida AQShni avvaldan ogohlantirgan. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Telekanalning qayd etishicha, Iroq bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Odil Abdul Mahdi tez orada zarba berilishi to‘g‘risida Erondan ogohlantirish olganini aytgan. AQSh harbiylaridan bo‘lmish manbaning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni iroqliklarga qaysi bazalarga yaqinlashmasliklari kerakligini ma'lum qilgan.
CNN o‘zining AQSh razvedka xizmatidagi manbalariga tayanib xabar qilishicha, Vashington keyingi kunlar davomida Eron uchuvchisiz uchadigan qurilmalar, ballistik raketalar va boshqa qurollarni joylashtirayotgani to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘lgan.
8 yanvarga o‘tar kechasi Iroq g‘arbidagi AQSh askarlari joylashgan Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi Eron tomonidan raketa hujumiga uchradi. Hujum eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun o‘ch olish harakati deb ataldi.
Mavzuga oid
11:33
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi - elchi
21:49 / 19.01.2026
Eron prezidenti Oliy rahbarga suiqasd urush e’lon qilishga barobarligini aytdi
18:46 / 19.01.2026