2019 yilning noyabr-dekabr oylarida xizmat safari bilan Rossiyada böldik. Boriş va qaytiş poyezdda böldi. Bundan közlangan maqsad, «Özbekiston temir yöllari» AJga qaraşli xalqaro yönalişda qatnovçi poyezd Qozoğiston tranzit hududidan ötişida kuzatiladigan muammolar haqidagi xabarlarga oydinlik kiritiş, bunga guvoh böliş edi.

Safar davomida haqiqiy holat ham bu boradagi gaplarni tasdiqladi, qozoğistonlik ba'zi bir çegaraçilar va bojxonaçilarning «hurmati juz-juz» ekanini ham bilib oldik.

2019 yil 7 noyabr kuni yölga çiqib, Sarioğoç çegara punktida töxtadik. Çegaraning Özbekistondagi qismidan ötişga 2 soatga yaqin vaqt sarfladik, Qozoğiston hududida ham yana 2 soat atrofida turişimizni aytişdi. Vagonga dastlab çegaraçilar çiqişdi. Yölovçilarni navbati bilan böş turgan qöşni kupeda maxsus qurilma vositasida qayd eta boşlaşdi.

Albatta, bundan avval, ular yuklarimizni körib çiqişgan, OAV vakili ekanimizdan xabar topişgandi. Birozdan söng, kupega qöşni yurt bojxonaçisi kirib keldi.

U yukimiz köpligi, pastga tuşirib, rentgentdan ötkaziş jarayoni köp vaqt olişi, sarson bölişni istamasak, «juz-juz» berişimiz kerakligini aytdi. Buyoği qanday bölarkin, deya özimizni göllikka solib turganimizda, qöşni kupedagi çegaraçi uni çaqirib qoldi. Qozoğistonlik bojxonaçi çegaraçi bilan nimalarnidir piçirlaşişgaç, qaytib kelib, «sizlar ketaveringlar, aq jol», deya xayrlaşib, vagonni tark etdi.

Rossiyaga kirib bordik, kunlar ötdi, ikki oydan keyin vatanga qaytişni boşladik. Bu safar ataylab platskartga çipta oldik. Rossiya-Qozoğiston çegarasidan yaxşi ötdik. Ya'ni, barça öz işini bajardi, köngilsiz holatlarni kuzatmadik.

Biroq, köp yillardan buyon Rossiyaga qatnovçi hamrohlarimiz hammasi Sarioğoçda boşlanişini aytişdi. Biz oçiği, Rossiyadan qaytayotgan oddiy özbek migrantlari qiyofasida şu onlarni intiqlik bilan kutdik.

- Haliyam Mirziyoyev prezident bölib, prezidentlar yaxşi bölgaç, bular (qozoğistonlik çegaraçilar va bojxonaçilar) ança yaxşi bölib qolişdi. Ilgarilari yigitlarimizni xor qilişardi, pul bilan qaytayotganiga «uveren» bölgani uçun dangal sörab olardi, pul bermaganiga qöymasdi, - deydi farğonalik bir opa.