Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kosmik stansiyasidan noma’lum mikrob shtammi topildi
Ushbu mikrob kosmosning ekstremal sharoitlariga moslasha oladi. Undan qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda foydalanish mumkin.
Xitoyga tegishli «Tyangun» kosmik stansiyasidan Yerda uchraydigan bakteriyaning yangi shtammi — Niallia tiangongensis topildi. Bakteriya nomunalari 2023 yilning mayida to‘plangan.
Qayd etilishicha, yangi shtamm kosmik stansiya kayutasidan topilgan bo‘lib, ular steril salfetkalarga yig‘ilgan, muzlatilgan va Yerga olib kelingan. Yerdan tashqarida mikroblarning xatti-harakatlarini o‘rganish kosmonavtlarning sog‘lig‘ini himoya qilish va kosmik kema tizimlarini saqlash uchun juda muhim.
Olimlarning ta’kidlashicha, Niallia tiangongensis kosmosning ekstremal sharoitlariga moslasha oladi. U Yerdagi shakliga qaraganda radiatsiya sababli yuzaga kelgan shikastlanishlarni yaxshiroq tiklaydi va hujayra hamda to‘qimalarning faoliyatini buzuvchi nomutanosiblik — oksidlovchi stressga qarshi kurashadi.
Shtammning koinotda qanday omon qolishiga oid ma’lumotlar mikroblarni nafaqat Yer orbitasidan tashqarida, balki qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda ham nazorat qilish strategiyalarini ishlab chiqishda yordam berishi mumkin. Bakteriyaning ma’lum organik birikmalarni parchalash qobiliyati olimlarga chiqindilarni qayta ishlash sohasida yangi imkoniyatlar ochadi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026