O‘zbekiston | 14:03 / 08.01.2020
28512
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi davlat ko‘chmas mulki ijarasi to‘lovining eng kam stavkalari e'lon qilindi

Foto: Depositphotos

Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun 2020 yilda qo‘llaniladigan ijara to‘lovining eng kam stavkalari tasdiqlanadi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilingan hujjat loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun 2020 yilda qo‘llaniladigan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;

ijara to‘lovini (ijara to‘lovining tayanch stavkasini) hisoblab chiqish tartibi va qo‘llanadigan koeffitsiyentlar;

Toshkent shahrining markaziy qatnov ko‘chalari ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.

Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun 2020 yilda qo‘llaniladigan ijara to‘lovining eng kam stavkalari

Ijara to‘lovini (ijara to‘lovining tayanch stavkasini) hisoblab chiqish tartibi va qo‘llanadigan koeffitsiyentlar

 Binolar va inshootlar bo‘yicha ijara to‘lovini (ijara to‘lovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:

 Ts=Es*Kz*(Kq+Kh+Ko), bunda:

 Ts - bir yilga bir kv. metr uchun ijara to‘lovining tayanch stavkasi;

 Es - bir yilga bir kv. metr uchun eng kam stavka;

 Kz - hududiy zona koeffitsiyenti;

 Kq - qurilish turi bo‘yicha koeffisent (alohida turgan bino, qo‘shimcha qurilgan bino, binoning yuqori qismi, cherdak, boloxona, yarim yerto‘la, yerto‘la);

 Kh - tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffisenti;

 Ko - tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffisenti (asosiy avtotransport yo‘llari bo‘ylab joylashish, ikkinchi darajali avtotransport yo‘llariga chiqishda joylashish va boshqalar).

Ijara haqi stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar:

Toshkent shahar hokimining 2014 yil 13 yanvardagi “Yer solig‘i to‘lash stavkasi bo‘yicha zona chegeralarining sxemasi va ta'riflarini tasdiqlash haqida”gi 41-sonli qarorida belgilangan chegaralarga asosan, hududiy zonalar koeffitsiyentlari (Kz):

Binoning qurilish turi bo‘yicha koeffitsiyentlar (Kq):

Tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti (Kh):

Tijorat maqsadida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (Kt):

Toshkent shahridagi markaziy qatnov ko‘chalari ro‘yxati 

Mavzuga oid