Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda chiqindilardan dunyodagi eng katta mozaika yig‘ildi
BAA poytaxti Abu-Dabidagi Masdar City eko-shaharchasida chiqindilardan dunyodagi eng katta mozaika yig‘ildi. Maydoni 1015 kvadrat metrni tashkil qiluvchi yoki ikkita basketbol maydonidek keladigan mozaika Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.
BAAdagi taraqqiyotni aks ettiruvchi mozaikani yig‘ishga bir oydan ko‘proq vaqt ketgan. Uni yig‘ishda Abu-Dabida yig‘ilgan plastik, tunuka idishlar va karton bo‘laklari – hammasi bo‘lib 90 mingdan ko‘proq detal qo‘llangan. Loyihada Masdar City aholisi va xodimlari hamda yaqin atrofdagi maktablar o‘quvchilari ishtirok etishgan.
Loyiha taqdimoti 11 yanvarda boshlanadigan Abu-Dabining barqaror rivojlanishi haftaligi arafasida o‘tkazilgan. Mozaikadan maqsad jamoatchilik e'tiborini chiqindilar hosil bo‘lishi muammosiga qaratish va ular hajmini qisqartirish va qayta ishlash yordamida atrof-muhit muhofazasiga hissa qo‘shishga chorlashdan iborat.
Mozaika bir necha oy davomida turadi. So‘ngra unda qo‘llangan materiallar qayta ishlashga jo‘natiladi.
Mavzuga oid
19:21 / 11.08.2025
Korrupsiya mojarolari sababli Abu-Dabiga ko‘chib ketgan Ispaniya faxriy qiroli Portugaliyaga ketmoqchi
15:18 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
18:39 / 14.07.2025
Wizz Air loukosteri O‘zbekistondan Abu-Dabiga parvozlarni to‘xtatadi
22:12 / 15.01.2025