Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabzdagi yong‘in natijasida bir oila kuyishdan jarohatlandi
Foto: Tergov departamenti
2020 yil 8 yanvar kuni soat taxminan 04:00larda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani, Xitoy mahallasida yashovchi 47 yoshli fuqaro N.B.ning yashash uyida yong‘in sodir bo‘lgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, oqibatda N.B. va uning turmush o‘rtog‘i, 38 yoshli G.E., 10 yoshli D.N., 8 yoshli A.N.lar kuyishdan tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilganlar.
Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda, dastlabki ma'lumotga ko‘ra, yong‘in uydagi gilam tagiga tashlangan elektr toki yordamida ishlovchi pol isitgichining qizib ketishi natijasida sodir bo‘lgan.
“Hurmatli fuqarolar, ob-havo harorati tushib kunlar sovishi munosabati bilan Sizlardan, elektr isitgich, gaz plitasi va boshqa turdagi isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026