O‘zbekiston | 10:37 / 09.01.2020
3366
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda BMT tizimidagi 27ta tashkilot vakillari ishtirok etadigan konferensiya bo‘lib o‘tadi

Foto: UN Photo

2020 yil 5-7 may kunlari Toshkent shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo uchun 32-mintaqaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Muhokama uchun e'lon qilingan tegishli hujjat loyihasiga ko‘ra, xalqaro konferensiyada BMT tizimidagi 27ta xalqaro tashkilot va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi boshqa 30ga yaqin xalqaro tashkilotlardan, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 300ga yaqin xorijiy mehmonlar, Yevropa va MDHga a'zo davlatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlari, ekspertlar hamjamiyati vakillari, xorijiy axborot agentliklari va ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Xalqaro konferensiyani o‘tkazish joyi Xilton mehmonxonasi va Kongres Xoll deb belgilanadi.

Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

Xalqaro konferensiyani yuksak tashkiliy darajada o‘tkazishga qaratilgan barcha tayyorgarlik va tashkiliy tadbirlar kompleksini ta'minlovchi chora-tadbirlarni tayyorlash va o‘z vaqtida amalga oshirish;

Xalqaro konferensiya ishtirokchilarining kelib-ketishi, vizalarining rasmiylashtirilishi, transport bilan ta'minlanishi va ularga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi masalalarini muvofiqlashtirish;

axborot-tahliliy va boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni ta'minlash, Xalqaro konferensiyaning axborot hamkorligini tashkillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar qabul qilish;

kelgusidagi tadbirlar o‘tkaziladigan joylarning texnik va telekommunikatsiyalar bilan ta'minlanishini, obodonlashtirish va yo‘l-ta'mirlash ishlarini olib borishni tashkillashtirish, shuningdek, Toshkent shahrida zarur mehmonxona fondining tayyor bo‘lishi va band qilinishini ta'minlash;

Chora-tadbirlar rejasini o‘z vaqtida va sifatli ijro etish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, Xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish.

Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyurtmalariga asosan kelishilgan ro‘yxatlarga muvofiq Xalqaro konferensiya ishtirokchilariga kirish vizalarining o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta'minlaydi.

Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari (Usmonbekov) Xalqaro konferensiyani o‘tkazish uchun O‘zbekistonga olib kiradigan material va jihozlaridan soliq va bojxona to‘lovlari undirilmasdan tezkorlik bilan o‘tkazish choralarini ko‘radi, shuningdek, delegatsiya va delegatlarning bojxona rasmiylashtiruvidan o‘z vaqtida o‘tishini ta'minlaydi.

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov) O‘zbekiston Respublikasida delegatsiya va delegatlarning xavfsizligi hamda Toshkent shahrining tadbirlar o‘tkaziladigan joylarida xavfsizlikni ta'minlash choralarini ko‘radi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov) Xalqaro konferensiyani o‘tkazish davrida tadbirlar o‘tkazilishi va mehmonlar yashashi kerak bo‘lgan joylarda samarali sanitar-epidemiologik nazorat o‘rnatilishi va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid