O‘zbekiston | 10:55 / 10.01.2020
55624
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning YeOIIga a'zo bo‘lishi oqibatlari tahlili bo‘yicha tadqiqot taqdim etildi

Foto: Artem Korotayev/TASS

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti yoshlar markazi anjumanlar zalida "O‘zbekistonning YeOIIga a'zo bo‘lishi oqibatlari tahlili" mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, markaz o‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a'zo bo‘lishining iqtisodiy modellashtirish va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalangan holda tadqiqot olib bormoqda. Tadqiqot natijalari asosida hisobot tayyorlandi.

Taqdimot davomida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari – markaz direktori Obid Hakimov YeOII doirasida integratsiya jarayonlarining ta'sirini baholash va batafsil tahlil qilingan keng ko‘lamli ishlar haqida gapirdi. Jumladan, tadqiqot natijalari va YeOIIga a'zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotiga olib kelishi mumkin bo‘lgan samaralar haqida to‘xtalib o‘tildi.

"O‘zbekistonning YeOIIga a'zo bo‘lishi milliy mahsulotlarning Ittifoq mamlakatlari bozorlariga chiqishidagi to‘siqlarni yo‘qotishi va eksportchilar uchun bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Ittifoqning kengayishi, bu tashkilotning boshqa davlatlar bilan erkin savdo zonalarining tashkil etilishi o‘zbek eksportining bu mamlakatlar bozorlariga kirib borishiga ko‘maklashadi", - dedi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori.

Qayd etilishicha, iqtisodiy maqsadlar nuqtai nazaridan, YeOIIga a'zolik o‘zbek biznesi uchun foydalidir. Agar O‘zbekiston Ittifoqqa a'zo bo‘lsa, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar Yevropa ittifoqi mamlakatlari bozoriga chiqishadi, mehnat muhojirlari uchun teng sharoitlar yaratiladi va Rossiyaning investitsiya resurslari va texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyati yaraladi.

Tadbirda iqtisodiyotning turli tarmoqlari sharoitida O‘zbekistonning YeOIIga a'zo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar taqdim etildi.

Xususan, YeOIIga a'zo bo‘lgandan keyin O‘zbekiston Yagona bojxona makonining bir qismiga aylanadi, bu yerda YeOII umumiy bojxona tarifi qo‘llaniladi.

“O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bo‘lishi bilan O‘zbekistonda bog‘dorchilik va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga yordam beradigan chegaralardagi keraksiz talab va to‘siqlarni bartaraf etish orqali yetkazib berish logistikasini yaxshilaydi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni kamaytiradi.

O‘zbekiston sanoati modernizatsiya qilinadi. Mamlakatning foydalanilmayotgan eksport salohiyati YeOII mamlakatlari bozorlarida samarali amalga oshirilishi kutilmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.

Bildirilishicha, YeOIIga a'zolikda O‘zbekiston mahsulotlarining eksporti oshishi transport xarajatlarining pasayishi va eksport tovarlarining Qozog‘iston va Rossiya hududi orqali tranzit qilinishini soddalashtirish tufayli sanoatning foydalanilmagan eksport salohiyatini ishga solish va O‘zbekistonning YeOII a'zo mamlakatlar bozorlariga eksport qilinadigan mahsulot turlarini kengaytirish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid