Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obidjon Latipov: «Qiyinchilik bilan saylanganim o‘zgarishlar natijasidir»
13 yanvar kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yangi chaqiriqdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Toshkent shahri deputatlari ishtirok etdilar.
Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri hokimi etib qayta saylangan sessiya yakunida shahar deputatlari safiga endigina qo‘shilgan Obidjon Latipov bilan suhbat qildik:
– Saylanishim jarayonidan xabaringiz bor. Ikki qayta saylovlardagi mashmashalardan keyin, qiyinchilik bilan saylanganim O‘zbekistondagi o‘zgarishlardan dalolat beradi. Bugungi sessiyaga kelsak, deputat sifatida birinchi bor bunday tadbirda ishtirok etishim. Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini shaxsan qo‘llab-quvvatladim. Sababi, Toshkent shahar hokimligidagi ochiqlik shu hokim nomi bilan bog‘liq, – dedi deputat.
Eslatib o‘tamiz, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi a'zosi, bloger Obidjon Latipov 2020 yil 5 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan takroriy ovoz berish natijalariga ko‘ra 6-Cho‘ponota saylov okrugida g‘olib chiqqandi.
Mavzuga oid
16:40 / 12.11.2025
Sobiq “Toshturma” hududi tadbirkorga berib yuborilgani ma’lum bo‘ldi. U yer xiyobon bo‘lishi kerak edi
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
20:36 / 02.03.2024