Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori Chirchiqda pichoqbozlik ro‘y berdi
Foto: Tergov departamenti
2020 yil 9 yanvar kuni soat 02:25larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida muqaddam sudlangan 23 yoshli X.U. qo‘shma korxonada o‘zi bilan birga ishlab kelayotgan tanishi 25 yoshli Sh.N. bilan o‘zaro tortishib qolgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, X.U. o‘rtada kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida, dala maydonida o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan Sh.N. tanasining ko‘krak qafasi orqa yuzasiga bir necha marotaba zarba berib tan jarohati yetkazgan.
Dastlabki tibbiy ma'lumotnomaga ko‘ra Sh.N.ning tanasida “chap tomon ko‘krak qafasiga teshib kirgan jarohati” borligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:07 / 09.12.2025
Yuqori Chirchiqda buvi va nevara is gazidan vafot etdi
18:52 / 04.11.2025
Tashkent Medical Smart City tibbiyot shaharchasi quriladi
21:12 / 14.12.2024
Toshkent viloyatida 649 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
18:09 / 25.10.2024