2019 yilda 130 million dollarlik mahsulotlar eksportga birja orqali sotilgan
Bugun, 15 yanvar kuni Tovar-xomashyo birjasi AJda birja savdosi haqidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Tadbirda 2019 yil natijalari va 2020 yildagi istiqbolli loyihalari haqida ma'lumotlar berildi. O‘tgan yil davomida tadbirkorlar birja orqali 13,4 trln. so‘mlik tovar xarid qilishgan va 7,5 trln. so‘mga teng o‘zlarining tovarlarini sotishgan.
2019 yil yakuni natijalariga qaraganda, paxta tolasi - 6 trln. so‘m, sement - 4 trln. so‘m, un - 1 trln. so‘m, polietilen - 930 mlrd. so‘m, o‘simlik yog‘i - 893 mlrd. so‘m, suyultirilgan gaz - 440 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.
Ma'lumotga ko‘ra, o‘tgan yil davomida 130,8 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar eksportga birja orqali sotilgan va 2018 yilga nisbatan 5,7 foizga oshgan.
2020 yildan boshlab paxta xomashyosi eksporti to‘xtatilib, paxta tolasini mamlakatning o‘zida to‘liq ishlash rejimiga o‘tilgan edi.
Mavzuga oid
17:05 / 02.11.2024
O‘zbekiston sentabr oyida eng ko‘p oltin sotgan davlatlar qatoriga kirdi
20:50 / 11.10.2024
Qozog‘iston fond birjasi Moskva birjasi bilan barcha aloqalarni uzdi
18:02 / 10.10.2024
Shahrisabzda aholini paxta terishga majburlagan mahalla raisi salkam 19 mln so‘m jarimaga tortildi
19:45 / 09.10.2024