Toshkentdan Oliy Majlis yuqori palatasiga 6 nafar senator saylandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasiga vakillar saylash bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlarining qo‘shma majlisi o‘tkazildi
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, qo‘shma majlisda yashirin ovoz berishda 365 nafar deputat ishtirok etdi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 342ta ovoz, «Nuroniy» jamg‘armasining Toshkent shahar Kengashi raisi Rustam Kalonov 327ta ovoz, O‘z FA Tarix instituti direktori Azamat Ziyo 302ta ovoz, 25-Sebzor saylov okrugidan deputat Tanzila Norboyeva 349ta ovoz, O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori Shomansur Sa'dullayev 314ta ovoz hamda «Oila» ilmiy-amaliy markazi direktori Dilorom Toshmuhammedova 317ta ovoz olib, Oliy Majlis Senati a'zoligiga saylandi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi qo‘shma majlislarning bayonnomalari asosida bu bayonnomalar kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay Senat a'zolarini ro‘yxatga oladi, ro‘yxatga olishdan keyin o‘n kun ichida esa guvohnoma va ko‘krak nishoni beradi. Agar saylov davomida, ovozlarni sanab chiqish, yashirin ovoz berish natijalarini aniqlash chog‘ida ushbu Kodeks talablari saylov natijalariga ta'sir qilgan tarzda buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat a'zolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Senat a'zolari saylovi tegishli qo‘shma majlislarda ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Senat a'zosining o‘rni bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa Senatning yangi a'zosi saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
Mavzuga oid
18:38
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024