Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonlik yakka o‘zi yuzdan ko‘proq kishining hayotini saqlab qoldi
Pokistonlik Sulaymon Xon qor uyumlarida qolib ketgan 100 dan ko‘proq kishini qutqarib qoldi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, bir necha kun avval Pokistonda kuchli qor sababli Kvetta-Zxob shossesida tirbandliklar yuzaga kelgan. Yuzlab mashinalar qor uyumlari qurshovida qolib, bunday og‘ir ob-havo sharoitlarida oziq-ovqat va qalin kiyimlarsiz nima qilishni bilolmay qolishgan.
Shunda Xon odamlarga yordam kelib, ularni mashinasida xavfsiz joyga olib borgan va o‘z uyida ovqatlantirgan. Bundan tashqari, Xon haydovchilarga yonilg‘i ulashgan va ularning xavfsizligini ta'minlagan.
Oxirgi kunlarda Pokistonning tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik sababli yuz bergan qor ko‘chkilari va kuchli sovuq oqibatida 100 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026