Jahon | 19:17 / 19.01.2020
13174
1 daqiqa o‘qiladi

Shinjon-Uyg‘ur muxtor hududida 6,4 balli zilzila yuz berdi

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor hududida 6,4 balli zilzila yuz berdi. Bu haqda Xitoy seysmologiya markazi xabar bermoqda.

Markazning xabariga ko‘ra, yerosti silkinishi mahalliy vaqt bilan 21.27da (Toshkent vaqti bilan 18.27) Qashqar okrugida qayd etilgan.

Ma'lumot berilishicha, zilzila epimarkazi 16 kilometr chuqurlikda joylashgan. 

Hozircha jabrlanganlar va vayrongarchiliklar to‘g‘risida ma'lumot berilmadi.

Mavzuga oid