O‘zbekiston | 11:10 / 20.01.2020
3581
2 daqiqa o‘qiladi

2019 yil O‘zbekistonda jami 68,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan

2019 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda jami 68,8 trln so‘m qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur'ati 2018 yilga nisbatan 19,0 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotida aytiladi.

Joriy davrda jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 16,9 trln so‘mni tashkil etdi. 2018 yil bilan solishtirganda 8,5 foizga ko‘p ishlar bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2018 yilning mos davri ko‘rsatkich darajasidan 2,2 foiz punktga kamayib, 24,6 foizni tashkil etdi. 

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2019 yil yanvar-dekabrida qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan keskin oshganligi kuzatildi. Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,6 foizi to‘g‘ri kelib, 2018 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,6 foiz punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2018 yilning mos davriga nisbatan 29,5 foizni tashkil etgan holda 37,5 trln so‘m miqdorida qayd etildi. 

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,5 foiz punktga kamayib, 20,8 foizni tashkil etdi va 14,356,3 trln so‘m miqdorida qayd etildi. 2018 yilning mos davridagi hajm bilan solishtirganda 8,3 foizni tashkil etgani kuzatildi. 

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 3,899,2 trln so‘m yoki 2018 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 26,4 foiz qurilish ishlari bajarildi, nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 64,955,2 trln so‘m ishlar bajarilib, o‘sish sur'ati 18,5 foizni tashkil etdi. Ularning respublikadagi ulushlari mos ravishda 5,7 foiz va 4,3 foizni tashkil etdi. 

Mavzuga oid