Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ashxobod aeroporti yangi rekord o‘rnatdi
Ashxobod xalqaro aeroporti alyuminiydan ishlangan eng katta uch o‘lchamli tomga ega. Bu haqda World Record Academy tashkiloti ma'lum qildi.
Avvalroq ushbu tashkilot Ashxobod aeroportiga qush ko‘rinishida ishlangan eng katta bino uchun rekord natija qayd qilgandi. Ushbu bino qanotlarini yoyib turgan lochin ko‘rinishida ishlangan.
Aeroport 2016 yilda qurilgan. Avvalroq u turkman gilamlarida qo‘llanuvchi naqshning eng katta tasviri bilan Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. Bu haqidagi sertifikat aeroport ochilishi vaqtida taqdim qilingandi.
Aeroport 1200 gektar maydonda joylashgan va 100 ta inshootni o‘z ichiga olgan. Aeroport har soatda 1600 yo‘lovchi o‘tkaza oladi.
Mavzuga oid
14:21 / 05.05.2026
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
23:14 / 10.04.2026
Prezident Buxoroda yangi aeroport qurilishi bilan tanishdi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
11:58 / 17.03.2026