Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muzey eksponatlarini onlayn tomosha qilish mumkin bo‘ladi
O‘zbekistondagi muzeylarga internet platformasi orqali onlayn sayohat qilish mumkin bo‘ladi. Buni O‘zbekiston Milliy muzey fondining elektron katalog tizimini yaratish orqali amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu haqida Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, muzeylar elektron katalogizatsiyasi ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich faqat muzey xodimlari uchun mo‘ljallangan ichki elektron katalog tizimidir. Ushbu elektron katalog muzeyning ichki hisobotlarini boshqarishga va maxsus dastur orqali muzey eksponatlari bo‘yicha hujjatlar tuzishga yordam beradi. O‘zbekiston Milliy muzey fondining elektron katalog tizimini joriy etish Zetcom kompaniyasining Museum Plus dasturiy ta'minoti yordamida amalga oshiriladi. Bu dasturiy ta'minotdan Luvr muzeyi, Nyu-York shahri muzeyi, Shimoliy-g‘arbiy madaniyat va san'at muzeyi kabi ko‘plab mashhur san'at muassasalari ham foydalanadi. Mazkur dasturdan foydalanishni o‘rgatish maqsadida Zetcom kompaniyasining mutaxassislari tomonidan soha xodimlariga treninglar o‘tkazilgan. Birinchi bosqich yanvar yakuniga qadar nihoyasiga yetadi.
Joriy yil davomida ishga tushirilishi rejalashtirilgan tizimning ikkinchi bosqichida tashqi virtual galereya − muzeylarning kataloglari joylashgan saytni yaratish rejalashtirilgan. Mazkur sayt barcha internet foydalanuvchilari uchun ochiq bo‘lib, unda eksponatlarni yuqori sifatda tomosha qilish, shuningdek, har bir muzeyning asosiy ekspozitsiyasidagi eksponatlarning ta'rifi va tarixi bilan tanishish imkoni bo‘ladi.
Mazkur tizim dastlab respublikadagi to‘rtta muzeyda − O‘zbekiston davlat san'at muzeyi, O‘zbekiston davlat amaliy san'at muzeyi, Oybek uy-muzeyi va Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyida sinov tariqasida joriy qilinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:32 / 09.04.2026
Prezident yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyini borib ko‘rdi
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
07:30 / 03.11.2025