10:08 / 23.01.2020
3
28532

Bozorlardagi narx-navo ma'lum qilindi

Foto: Pixabay

Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi. Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 21 yanvar kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 36 000 so‘mdan 57 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da qayd etilgan (36 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (57 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 38 000 so‘mdan 68 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (38 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (68 000) so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1 600 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (1600 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» da (5 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 500 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori» Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Samarqand shahrining «Damariq dehqon bozori» Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori» Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori»da (1500) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori» da kuzatildi (4000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 4 500 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori» Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori» Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Namangan shahri «Namangan chorsu dehqon universal bozori» Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori» Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori» Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori» Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori» Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» da (1000) so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (4 500) so‘mdan kuzatildi.

Tuxum 6 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da kuzatildi (6 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (12 000 so‘m).

Guruch 3 800 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (3 800 so‘mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 400 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (1 l.)

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da (8 400) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (13 500) so‘mdan kuzatildi.

Shakar 5 500 so‘mdan 6500 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Navoiy shahrining «Saxovat bozori» Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori» Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (5 500) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (6 500) so‘mdan kuzatildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top