Buyuk Britaniyaning «The Economist Intelligence Unit» analitik guruhi an'anaviy yillik Demokratiya indeksini e'lon qildi. Unda Özbekiston 167ta mamlakat orasidan 157-örinda qayd etilgan.
60ta indikator böyiça respublikaning örtaça körsatkiçi 10 baldan 2,01 balni taşkil etgan. Özbekiston 2018 yilgi reytingda xuddi şunça ball bilan 156-örinni egallagan edi.
Sönggi öntalikda Özbekistondan taşqari Markaziy Osiyo davlatlaridan Tojikiston (159-örin, 1,93 ball) va Turkmaniston (162-örin, 1,72 ball) ham bor.
Qirğiziston 4,99 ball bilan 101-poğonani, Qozoğiston esa 2,94 ball bilan 139-örinni egallagan.
Reyting mualliflari 4 va undan kamroq ball töplagan mamlakatlardagi boşqaruvni «avtoritar rejim» deb hisoblaydi. Rossiya va Xitoy ham şular jumlasidandir. Ular mos ravişda 134- va 153-örinlarda körsatilgan (3,11 va 2,26 ball).

Manba: The Economist Intelligence Unit
Reytingning eng yuqorisidagi törtta mamlakat öz örnini saqlab qolgan: hamon Norvegiya birinçi (9,87), Islandiya ikkinçi (9,58), Şvetsiya uçinçi (9,39), Yangi Zelandiya törtinçi (9,26) örinda bormoqda. Yuqori beşlikdagi Daniya öz örnini Finlandiyaga böşatib bergan.
Katta yettilik davlatlaridan – Kanada 8, Germaniya 13, Buyuk Britaniya 14, Fransiya 20, Yaponiya 24, AQŞ 25, Italiya 35-örinda.
Estoniya (27-örin) nafaqat sobiq sovet ittifoqi respublikalari içida, balki butun Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng demokratik davlat bölib qolmoqda. Bu borada keyingi örinlarda Litva (36), Latviya (38) va Ukraina (78) qayd etilgan.














