Demokratlar 4 noyabr kuni, respublikaçi prezident Donald Tramp hokimiyatga qaytganidan beri ilk bor yirik uçta saylovda işonçli ğalaba qozondi. Reuters ta’kidlaşiça, bu natijalar 2026 yilda böladigan Kongress saylovlari oldidan zaiflaşgan partiyaga yangi turtki va işonç berdi.
Nyu-Yorkda 34 yoşli demokrat sotsialist Zohran Mamdaniy mer lavozimini qölga kiritdi — u kam tanilgan deputatlikdan Dempartiyadagi eng yorqin vakillardan birigaça tezda kötarildi. Virjiniya va Nyu-Jyersida esa mö’tadil demokratlar — 46 yoşli Ebigeyl Spanberger va 53 yoşli Miki Şerril — gubernatorlik saylovlarida işonçli farq bilan ğalaba qildi.
«Agar millatga — Donald Tramp tomonidan sotilgan millatga — uni qanday yengiş mumkinligini körsata oladigan manzil bölsa, bu uni şakllantirgan şahardir. Va agar zulmkorni qörqitiş yöli bölsa, bu u hokimiyatga kelişiga imkon bergan şartlarni yöq qilişdir, — dedi Mamdaniy tarafdorlari oldida. — Şunday ekan, Donald Tramp, meni körayotganingni bilaman, senga aytadigan gapim bor: tovuşni balandroq qil».
Seşanba kungi saylovlar amerikaliklarning töqqiz oylik Tramp prezidentligiga munosabatini va demokratlarning 2026 yil saylovlari oldidan strategiyasini sinaş böldi. Oraliq saylovlarga hali bir yil bölsa-da, sörovlar prezidentning ommabopligi pasayganiga qaramay, Demokratik partiya reytingi pastligiça qolayotganini körsatmoqda.
Eng amaliy yutuqni demokratlar Kaliforniyada qölga kiritdi — bu yerda saylovçilar saylov okruglari çegaralarini Demokratik partiya manfaati yölida özgartiriş rejasini ma’qulladi. Reuters qayd etişiça, bu qadam AQŞ böylab Kongress qöşma palatasida kuçlar taqsimotiga ta’sir qiluvçi okruglarni qayta taqsimlaş uçun umummilliy kuraşni kuçaytiradi.
Virjiniyada Ebigeyl Spanberger respublikaçi Uinsom Erl-Sirsni mağlub etdi va respublikaçi Glenn Yankin örnini egallaydi. Nyu-Jyersida Miki Şerril respublikaçi Jyek Çattarellini ortda qoldirib, demokrat Fil Myorfining vorisi böladi.
Har ikki demokrat raqiblarini Tramp bilan boğlaşga urindi — bu orqali uning siyosatidan çarçagan saylovçilarni oğdiriş közlangan. «Biz dunyoga signal yölladik: Virjiniya partiyaviylik emas, pragmatizmni tanladi, — dedi Spanberger ğalaba nutqida. — Biz xaos emas, umumiy farovonlikni tanladik».
Reuters eslatişiça, Tramp ma’muriyati davom etayotgan “şatdaun” paytida federal xizmatçilarni işdan böşatiş bilan qörqitib, raqiblarga qöşimça tanqid qiliş uçun sabab yaratib berdi. Bu, xususan, köplab davlat xizmatçilari istiqomat qiladigan Virginiyaga, şuningdek, Gudzon daryosi ostida yangi temiryöl tunneli qurilişiga ajratilgan milliardlab dollarlar muzlatib qöyilgan Nyu-Jyersiga jiddiy zarba berdi.

















