Rossiya Germaniyada qaror qabul qiladigan siyosatçilarga maqsadli ravişda ta’sir körsatişga urinmoqda, dedi BfV rahbari Zinan Zelen (Sinan Selen) duşanba, 27 oktyabr kuni RTL telekanali efirida.
«Ta’sir alohida şaxs yoki partiyalar bilan çeklanmaydi. E’tiborni tortgan tomoni şundaki, bunday sa’y-harakatlar ayniqsa siyosiy spektrning çekka qanotlari tarafdorlariga nisbatan faol amalga oşirilmoqda, — dedi u. — Ham söl, ham öng qanot içida aloqalar örnatiş va kengaytirişga uriniş bölyapti, çunki muvaffaqiyatga umid qilmoqda».
Zelenning sözlariga köra, «Moskva Germaniyada şunday kayfiyatni şakllantirişga harakat qilmoqdaki, unda totalitar va avtokratik ğoyalar erkin, demokratik ğoyalarga qaraganda tezroq aks-sado topadi».
Bundan oldin Tyuringiya içki işlar vaziri Georg Mayyerning bayonoti Germaniyada katta ijtimoiy rezonans keltirib çiqargan edi. Uning ta’kidlaşiça, öta öng qanotdagi «Germaniya uçun muqobil» (AfD) partiyasi federal yerlar parlamentlari va Bundestagdagi «kiçik sörovlar» orqali Rossiya foydasiga josuslik olib boryapti. AfD bu kabi ayblovlarni rad etmoqda; ayblaşlar hokimiyatdagi Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi hamda Xristian-demokratik ittifoq / Xristian-ijtimoiy ittifoq (CDU/CSU) bloki, şuningdek, muxolifatdagi «yaşillar» tomonidan ilgari surilgan. AfD fraksiyasi Tyuringiya landtagda Mayyerning ayblovlari böyiça huquqiy çoralar körmoqda.
German maxsus xizmati rahbari Rossiyaning Germaniyaga qarşi gibrid uruşi çiziğini alohida çaqiriq deb hisoblaydi. Uning bayonotiga köra, bu abstrakt emas, balki haqiqiy, «hozir bölayotgan» tahdiddir. Bunday uruş usullariga u, jumladan, josuslik, diversiya va kiberhujumlarni kiritdi.

















