O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida ta'limga oid hujjatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan 2019 yil 1 avgust kuni Minsk shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Belarus Respublikasi hukumati o‘rtasida ta'limga oid hujjatlarni, o‘qishga oid hujjatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani Belarus tomoniga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
20:17 / 05.11.2024
Ma’rifiy faoliyat bilan ruxsatsiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilandi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
16:29 / 21.10.2024
Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
18:35 / 03.10.2024