Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston yadroviy zaryad tashuvchi ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
Pokiston «Hatf-3» ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Daily Times nashri xabar berdi.
Sinov Pokiston armiyasi strategik kuchlarining tezkor tayyorgarlikni mashq qilishga qaratilgan mashg‘ulotlarining bir qismi bo‘lgan. Pokiston qurolli kuchlarida ta'kidlanishicha, raketaning uchish uzoqligi 290 kmni tashkil qiladi.
XI asrda yashagan hukmdor Mahmud G‘aznaviy sharafiga “G‘aznaviy” deb ham ataluvchi raketa yadroviy kallaklarni tashiy oladi.
2019 yil avgustda Pokiston ushbu raketani tungi vaqtda sinovdan o‘tkazgan. Noyabrda esa Pokistonda “Shahin-1” ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan. Ushbu raketa har qanday turdagi jangovar, jumladan yadroviy kallaklarni 650 kmgacha yetkaza oladi.
Mavzuga oid
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026