Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yelizaveta II Brexit to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Boris Jonson hukumati tomonidan tayyorlangan Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi va hujjat qonun maqomini oldi.
Brexit 31 yanvarga mo‘ljallangan, ammo bu amalga oshishi uchun Birlashgan Qirollikning chiqib ketishi to‘g‘risidagi kelishuv Yevroparlamentga ratifikatsiya qilinishi zarur.
Avvalroq Uels, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya qonunchilik organlari Brexit to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqlashni rad etgandi. Uch hududiy parlamentning barchasi qirollikning Yevroittifoqdan chiqishiga qarshi bo‘lgandi.
Buyuk Britaniya Yevroittifoqni 2019 yil 29 martda tark etishi lozim edi, ammo britaniyalik deputatlar chiqish shartlari borasida kelisha olmagani uchun bu muddat bir necha bor ortga surilgandi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026