Jahon | 15:10 / 24.01.2020
11483
2 daqiqa o‘qiladi

Pekinda favqulodda vaziyatlarga javob berishning eng yuqori darajasi joriy qilindi

Foto: REUTERS / Aly Song

Xitoy poytaxti Pekinda yangi tipdagi koronavirus tarqalishi sababli aholi salomatligi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarga javob berishning eng yuqori darajasi joriy qilindi. Bu haqda Pekinning sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Ley Xaychao ma'lum qildi. 

“Pekinda soat 14.00 holatiga ko‘ra, koronavirusdan 29 ta kasallanish holati qayd etilgan, bir kishi og‘ir ahvolda, qolgan bemorlarning ahvoli yaxshilangan. Ayni vaqtda Pekinda aholi sog‘lig‘i sohasidagi jiddiy favqulodda vaziyatlarga javob berishning “I” darajasi joriy qilindi”, deb ma'lum qilgan matbuot anjumanda Ley Xaychao.

Avvalroq shunday rejim kasallik o‘chog‘i joylashgan Xubey provinsiyasida kiritilgandi. Bundan tashqari, Xubeyda virus sababli transport aloqasi to‘xtatilgan shaharlar soni 13 taga yetdi. 

Ta'kidlanishicha, favqulodda vaziyatlarga javob berishning “I” darajasi aholi sog‘lig‘i bilan bog‘liq o‘ta yirik favqulodda vaziyatlarda e'lon qilinadi va mahalliy hokimiyatning ularga Xitoy davlat kengashi va markazlashtirilgan shtab rejasiga ko‘ra javob berishini ko‘zda tutadi.

Mavzuga oid