Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqdagi namoyishlarda to‘rt kishi halok bo‘ldi va 40dan ortiq kishi jarohatlandi
Iroq poytaxti Bag‘dodda va An-Nosiriya shahrida namoyishchilarning politsiya bilan to‘qnashuvlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi va 40dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Bag‘dodda bir namoyishchi o‘ldirilgan, 30dan ortiq namoyishchi jarohat olgan. An-Nosiriyada uch kishi o‘lgani va 14 kishi jarohatlangani xabar qilinmoqda. Norozilik namoyishlari mamlakatning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tgan.
24 yanvar kuni Bag‘dod va boshqa shaharlarda Iroqdan AQSh qo‘shinlarini chiqarib yuborish talabi ostida "millionlar marshi" o‘tkazildi. Xalqni “millionlar marshi” o‘tkazishga iroqlik shialar yetakchilaridan biri Muqtado as-Sadr chaqirgan.
Iroq parlamenti 5 yanvar kuni mamlakat hududidan xorij qo‘shinlari olib chiqib ketilishiga ovoz bergandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp agarda mamlakatdan Amerika harbiylari chiqarib yuboriladigan bo‘lsa, Iroqqa nisbatan sanksiyalar kiritilishini aytgandi.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
23:03 / 14.03.2026
Ispaniyada Yaqin Sharqdagi urushga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
15:03 / 13.03.2026