Stalin qatağonlari: «Yot unsurlar»dan «Vraçlar işi»gaça
|14:26 / 26.01.2020101 15618 min
Iosif Stalin/Foto: WikipediaIosif Stalin/Foto: Wikipedia
Iosif Stalin — bu XX asrda eng maşhur nomlardan biri. U nafaqat SSSR tarixida, balki jahon tarixida ham eng uzoq iqtidorda bölgan hukmdorlar qatorida turadi. U SSSRda 1922 yildan 1953 yilgaça, jami 31 yil hokimiyat tepasida bölgan.
Stalin rahbarlik qilgan yillarda insoniyatga qarşi köplab qatağonlar uyuştirilgan, uning şaxsiga siğiniş esa eng avjiga çiqqan.
Mazkur maqolada Stalin hukmronlik qilgan davrda amalga oşirilgan qatağonlar haqidagi ma’lumotlarni yuzaki sanab çiqamiz. Zero, ularning har biri yanada çuqurroq örgansa böladigan mavzu.
1920-yillar qatağonlari
Stalin özining ilk qatağonlarini 1925-yillardan boşlagan edi. 1927 yilda Sovet-Britaniya munosabatlariga darz ketadi va Britaniya SSSR bilan savdo va diplomatik aloqalarni uzadi. SSSRda bu «çet el intervensiyasi» deb baholanadi hamda şaxsan Stalinning buyruği bilan yoppasiga qama-qamalar boşlanib ketadi.
SSSRda fuqarolar uruşi ham «çet el intervensiyasi» bahonasi ostida boşlangan.
Eng avval xorijdan mamlakatga qaytgan sobiq muhojirlar qamoqqa olinadi. Söng sobiq pomeşçiklar, savdogarlar, poplar, quloqlar qamaladi. Ahamiyatlisi şundaki, öşanda SSSR böylab qança odam qamalgani haqida hanuz aniq ma’lumotlar yöq.
«Şaxta işi»
Şaxta işi Donbassda bölib ötgan. Donbassdagi kömir va ruda konlarini özlaştirişda xorijdan mutaxassislar çaqirilgan edi. 1928 yilda çet el josusi sifatida xorijlik mutaxassislar va ular bilan birga işlaydigan SSSR fuqarolari bitta ham qolmasdan qamoqqa tiqiladi.
Partiya içidagi «yot unsurlar» bilan kuraş
1927 yil noyabr oyidan 1928 yil yanvar oyigaça SSSRda «partiyaviy tozalaş» işlari olib borildi. Ayniqsa, sobiq menşiviklarga umuman rahm qilinmadi.
Ularning lideri Lev Trotskiy 1928 yilda avval Olmaota şahriga surgun qilinadi. Söng xorijga qoçişga majbur böladi.
Trotskiy
Kollektivlaştiriş davridagi qatağonlar
Mavzuga oid
1928-1932 yillarda SSSRda xususiy mulk tugatilib, dehqonlar majburiy tarzda kollektivlaştiriladi. Bunda, dehqonlar qölidagi barça narsa: yer, suv, çorva mollari, dehqonçilik asboblari yangi tuzilgan jamoa xöjaliklar uçun tortib olinadi.
Boylar va örtahollar yoppasiga «boy-quloq» deb atalib qamaladi yoki kimsasiz hududlarga surgun qilinadi.
Xöjaligidagi çorva mollari va dehqonçilik anjomlarini jamoa xöjaliklarga ixtiyoriy topşirmaganlar qattiq jazolanadi. Qarşilik körsatganlar hatto joyida otib taşlanadi.
Mamlakatdagi dehqonlarni talab, ularni majburiy tarzda jamoa xöjaliklariga a’zo qiliş işlariga Mixail Kalinin boşçilik qiladi.
M.Kalinin
Lagerlar boş boşqarmasi (GULAG) maxsus bölimi ma’lumotlariga köra, 1930-1931 yillarda, SSSR böylab kollektivlaştiriş işlarida 381 mingta oila quloq qilingan va 1 million 803 ming 392 nafar kişi qamalgan.
Stalin qatağonlari haqida köplab tadqiqotlar ötkazgan tarixçi V.N.Zamskov bergan ma’lumotlarga köra, SSSRda 1930-1940 yillar oraliğida aynan kollektivlaştiriş davrida 2,5 million kişi qamalgan va 1930-1933 yillarda 600 ming kişi halok bölgan.
Norasmiy ma’lumotlarga köra kollektivlaştiriş davrida jami 4 million dehqon qatağon qilinadi.
Ğalla taqçilligi qatağoni
1932 yilda SSSRda ğalla hosili juda past böldi va jamoa xöjaliklari belgilangan rejani zörğa 15-20 foizga bajara oldi, xolos. Kuzga kelib hosil çöği kamligini bilgan SSSR rahbarlari ğalla yetiştiradigan hududlarda ğalla yetiştirişga mas’ul bölganlar va dehqonlarni jazolaşadi.
«Ğalla işi»da umumiy hisobda 5000 partiya xodimi, 15000 dehqon jazolanadi. Köplab temir yöl stansiyalari rahbarlari va işçilari jazolangan.
1933-1934 yillar qatağoni
Stalin qatağonlari 1934 yilda avj pallasiga çiqadi. Tarixçilar, buni öşa yilda SSSRda NKVD taşkil etilganiga boğlaşadi. Yangi taşkil etilgan bu organ öşa paytda «iş körsatiş» uçun ham köpçilikni qamoqqa tiqadi.
RSFSR hukumatining rasmiy ma’lumotlariga köra, 1933 yilda 1 million, 1934 yilda 1,2 million kişi qamoqqa taşlanadi.
«Kirov işi»
1934 yildan boşlab Stalinning siyosiy qatağonlari boşlangan. Avvaliga partiya saflari «yot unsurlar»dan tozalanadi. Keyin esa Leningradda «Kirov işi» boşlanadi.
Stalin va Kirov
S.M.Kirov Leningrad obkomining rahbari bölib işlar, xalq orasida obrösi nihoyatda katta edi. Uni Leningradda otib ketişadi. 1989-1990 yillarga kelib bu iş şaxsan Stalinning buyruği bilan amalga oşirilgani ma’lum böladi. Ammo 1934 yilda bu haqda gapiriş, suriştiruv ötkaziş mumkin emas edi.
Kirovning qotili qölga olinganda u G.Zinovev va L.Kamenev rahbarlik qilgan yaşirin taşkilotga a’zoligini aytadi.
Öşa yil 16 dekabrda Kamenev va Zinovev qamoqqa olinadi. Ulardan söng, yana köplab kişilar Kirovning ölimida va yaşirin taşkilotga a’zolikda ayblanib qamoqqa taşlanadi. Öşanda, Stalin Kirovni öldirtirib, şu bahona juda köp odamni qamoqqa tiqadi.
«Pulkovo işi»
1934 yilda quyoş tutilişi hodisasi yuz beradi va uni SSSR hududidan töliq kuzatiş mumkin böladi.
Öşanda Pulkovo observatoriyasi rahbari B.Gerasimoviçga xorijiy olimlardan quyoş tutilişi hodisasini u boşçilik qilayotgan observatoriyadan kuzatişni sörab köplab murojaatlar tuşadi. Olim ularning aksariyatiga ijobiy javob beradi va köplab xorijlik olimlar hodisani Pulkovo observatoriyasidan turib kuzatişadi.
Xorijliklar ketganidan söng, observatoriyani NKVD bosadi va barça xodimlarni «xorij josusi» sifatida qamoqqa oladi. Şundan söng mamlakatdagi köplab astronomlar, geologlar, geofiziklar, matematiklar «Pulkovo işi»ga daxldorlikda ayblanib, qatağon qilinadi.
«Katta terror»
1936 yilda NKVD rahbari Yagoda böşatilib, örniga N.Yejov tayinlanadi. Şundan söng «Katta terror» deb nomlangan qatağonlar boşlanib ketadi.
Stalin va Yejov
1937-1938 yillarda umumiy hisobda 1 mln 575 ming 259 nafar kişi qamaladi. Ulardan 681 ming 692 nafari tergovdan söng otuvga hukm qilinadi.
Markaziy Osiyo respublikalaridan qamalganlar va otib taşlanganlar asosan «pankturkist», «millatçi», «diniy reaksioner», Rossiya taraflarda «troitskiyçi», «menşevik», Ukrainada esa «banderaçilar» deb ayblanib qatağon qilinadi.
Oktabr töntarişi paytida özini körsatagan va keyinçalik marşal unvoniga ega bölgan Mixail Tuxaçevskiy ham 1937 yilda qamaladi. Uni vatanga xiyonatda ayblaşadi.
Tuxaçevskiydan keyin SSSR mudofa vazirligining bir qator yuqori lavozimli harbiylari qamoqqa olinib, otuvga hukm qilinadi.
Öşanda 4 yil içida 11 000 nafar turli yuqori lavozimdagi harbiylar qamaladi yoki otuvga hukm qilinadi.
1937 yilda NKVD mamlakat böylab özining barça tuzilmalariga N00447 sonli «Sobiq quloqlar, jinoyatçilar va boşqa yot unsurlarni mahv etiş» haqidagi buyruğini jönatadi.
Şundan söng, butun mamlakat böylab odamlarni siyosiy ayblar bilan qamoqqa tiqiş boşlanib ketadi.
Oila a’zolaridan kimdir «qizillar»ga qarşi kuraşgan yoki «boy-quloq» qilingan bölsa böldi — uni «vatanga xiyonat»da ayblaş uçun şu asosning özi yetarli edi. Söngra, qarindoşlari orasida «yot unsurlar» bölganlarni, «duşmanlar» bilan birga işlaganlarni, diniy bilimga ega bölganlarni siyosiy ayblar bilan qamaş boşlanadi.
Öşanda NKVD dastidan heç kim omon qolmaydi. Mamlakat böylab çaqimçilar nihoyatda köpayadi.
Kimdir NKVDçilarga yaxşi köriniş uçun, kimdir mansab oliş uçun, kimdir yana nimadir sabab bilan boşqalar ustidan çaquv xatlari yoza boşlaydi.
Şu tariqa, 1941 yil 22 iyun, faşistlar Germaniyasi SSSRga bostirib kirgunça, mamlakat böylab juda köplab odam siyosiy ayblar bilan qamoqqa tiqiladi.
Uruş davridagi qatağonlar
SSSR ikkinçi jahon uruşini 1939 yilda boşlaydi. Uruşlar natijasida Polşa va Çexoslovakiyadan Ğarbiy Belarus va Ğarbiy Ukrainaning, Finlandiyadan Kareliyaning bir qismini va Ruminiyadan Bessarabiyani tortib oladi.
Bosib olingan hududlarning aksariyat aholisi SSSR tarkibiga kirişga rozi bölmaydi va qurolli qarşilik körsatadi. Ammo, kuçlar teng bölmagani uçun ular yengiladi.
Şundan söng öşa hududlarda yaşaydigan aholining aksariyat qismi qamoqqa tiqiladi. Qamoqxonalar polyak, fin, karel, rumin, moldavan, ukrain, belarus asirlari bilan töladi.
Uruş davri deportatsiyalari
Nemislar SSSRga bostirib kirganidan keyin hamma mudofaa işlari bilan band bölib, mamlakat içida siyosiy qatağonlar birmunça töxtaydi.
1943 yilning kuzida, uruşda SSSRning qöli baland kelib, nemislar ortga çekina boşlaganda qatağonlarning yangi tölqini boşlanadi. Stalinning buyruği bilan turli millatlar sotqinlikda ayblanib öz uylaridan quvğin qilinadi.
1943 yil 12 oktyabrda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining RSFSR tarkibidagi Qoraçoy avtonom oblastida yaşovçi qoraçoylarni Qozoğiston va Qirğizistonga badarğa qiliş haqida qarori e’lon qilinadi.
1943 yil 27 dekabrda qalmiqlar, 1944 yil 29 yanvarda çeçen-inguşlar, 24 fevralda bolqorlar, 10 mayda qrimtatarlar, 24 iyulda mesxeti turklar öz uyidan quvğin qilinib, mamlakatning boşqa hududlariga badarğa qilinadi.
Qrim tatarlarni yuk vagonlariga tiqişyapti
Öşanda, badarğa qilinganlarni yuk vagonlariga tiqib olib ketişgan. Oğir şaroitda ularning köpçiligi halok bölgan. Stalin vafotidan keyin ularning bir qismiga vataniga qaytişga ruxsat beriladi.
Yevropalik mahbuslar va harbiy asirlar
Uruş SSSR hududidan çiqib, Şarqiy Yevropa hududiga ötganidan söng, GULAG qamoqxonalari harbiy asirlar va Şarqiy Yevropa mamlakatlarida SSSRga qarşi bölgan aholi vakillari bilan töla boşlaydi.
Öşa paytda, Polşa, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Çexoslovakiya kabi mamlakatlar aholisi orasida nemislar bilan birga kommunistlarni ham birday yomon köradigan insonlar yetarliça topilar edi.
SSSR qöşinlari nemislarni quvib öşa davlatlar hududiga kirar ekan, SSSRni yoqtirmaydiganlarning aksariyati qamoqxonaga jönatiladi.
Uruş tugaganidan söng nemislar qöliga asir tuşgan, Şarqiy Yevropa mamlakatlarida partizanlik harakatlarida qatnaşgan SSSR fuqarolarning barçasi vatan xoini sifatida qamoqqa tiqiladi.
«Zvezda» va «Leningrad» jurnallari «işi»
1946 yil 14 avgustda hukumatning «Zvezda» va «Leningrad» jurnallari haqida qarori çiqadi. Qarorda bu jurnallar öz sahifasida A.Axmatova va M.Zoşçenkoning «sovet realizmiga yot bölgan» asarlarini bergani uçun qattiq tanqid ostiga olingan edi.
Anna Axmatova
Şundan söng, mamlakat böylab barça gazeta va jurnallar «elakdan ötkaziladi». Yana qaytadan adiblar, jurnalistlar, adabiy xodimlar qamoqqa tiqila boşlandi. Odamlar uçun yana tahlikali kunlar boşlandi.
Özbek adiblaridan Şukrullo, Said Ahmad va köplab adiblar öşa davrda qamalgan edi.
«Yahudiylar işi»
1948 yilda esa «Yahudiylar işi» nomi bilan qatağonlar tölqini boşlanadi.
Bu qatağonning boşlanişiga SSSRda faoliyat yurituvçi «Yahudiy antifaşist komiteti» taşkilotining Yaqin Şarqda taşkil etilayotgan Isroil davlati bilan yaqin munosabatlar örnatişi sabab bölgan.
Bu taşkilotni 1942 yilda teatr aktyori va rejissyori Solomon Mixoels tuzgan edi. Uruş tugaganidan söng bu taşkilotning xorijdagi yahudiy taşkilotlari bilan aloqa örnatişga urinişi boşdanoq Stalinga yoqmay kelayotgan edi.
1948 yilda Isroil bilan aloqa örnatişi bu taşkilot işining taftiş qilinişiga va mamlakatdagi aksariyat taniqli yahudiylarning qamalişiga sabab böladi.
Bu iş ortidan 1949 yilda AQŞ kommunistik partiyasi Kommunistik partiyani «antisemitizm»da ayblaydi. «Yahudiylar işi» tufayli öşa paytda mamlakatdagi köplab taniqli yahudiylar qamaladi va otuvga hukm qilinadi.
Ular orasida mamlakatdagi rahbar şaxslardan biri bölgan V.Molotovning xotini P.Jyemçujina ham bor edi. U 1953 yilgaça — Stalin vafotigaça qamoqda qoladi.
Stalin dafn etilganidan söng, Molotov Beriyaga qönğiroq qiladi va şaxsan Beriyaning buyruği bilan Jyemçujina qamoqdan ozod qilinadi.
Polina Jyemçujina
«Yahudiylar işi» 1952 yilgaça davom etadi va mamlakatdagi eng taniqli 13 nafar yahudiyning otib taşlanişi bilan tugaydi.
«Vraçlar işi»
1950-yillarda SSSRdagi eng kuçli vraçlarning aksariyati yahudiylar edi. «Yahudiylar işi» yopilgani bilan Stalinning yahudiylarga bölgan munosabati özgarmaydi.
Markaziy Komitet Prezidiumining a’zosi V.Malişevning eslaşiça, 1952 yil 1 dekabr kuni Stalin Markaziy Komitet a’zolari oldida «Har qanday yahudiy millatçisi — AQŞ razvedkasining ayğoqçisi. Yahudiy millatçisi yahudiylarni AQŞ qutqardi, deb öylaydi. Ayniqsa, vraçlar orasida yahudiy millatçilari köp», deydi.
Stalinning şu gapi mamlakat böylab taniqli vraçlarning qamoqqa olinişiga sabab böladi. Avvaliga millati yahudiy bölgan vraçlarni hibsga olişadi. Söng ular bilan birga işlagan vraçlarni qamaşadi. Şu tariqa mamlakatdagi eng kuçli vraçlar qamoqqa olinadi. Ular orasida Stalinning şaxsiy vraçi V.Vinogradov ham bor edi.
Stalin qatağonlari röyxatida eng oxirgi iş «Vraçlar işi» böladi. Oradan biroz ötib, 1953 yil 5 mart kuni u vafot etadi.
Stalin qatağonlarining oqibatlari
Xalqaro «Memorial» taşkiloti hisobotlariga köra, Stalin qatağonlari tufayli 10–12 milliondan 38–39 million nafargaça odam halok bölgan.
4,5–4,8 million nafar odam siyosiy ayblar bilan qamalgan va ulardan 1.1 million nafari otuvga hukm qilingan.
6,5 million kişi deportatsiya qilingan.
4 milliondan oşiq odam saylov huquqidan mahrum qilingan.
6–7 million kişi turli yillarda röy bergan oçarçilik tufayli halok bölgan.
17 ming 961 nafar kişi majburiy mehnat natijasida halok bölgan.
1954 yil KPSS Markaziy Komiteti Birinçi Kotibi Xruşçyov nomiga tayyorlangan ma’lumotnomaga köra, 1921 yildan 1954 yilgaça NKVD «troyka»lari va harbiy tribunal tomonidan 3 mln 777 ming 380 nafar odamga hukm e’lon qilingan.
Qamoqdagilar işda
Ulardan 642 ming 980 nafari otuvga hukm qilingan.
2 mln 369 ming 220 nafar odam 25 yilgaça qamalgan.
765 ming 180 nafari surgun qilingan.
SSSR IIV qoşidagi 1-maxsus bölinma ma’lumotlariga köra, 1921 yildan 1954 yilgaça SSSR böylab 4 mln 60 ming 306 nafar odam sudlangan.
Ulardan 799 ming 455 nafari otuvga hukm qilingan. 2 mln 631 ming 397 nafari qamoqxonalarda saqlangan. 413 ming 512 nafari surgun qilingan. 215 ming 942 nafariga yengil jazo qöllangan.
Umuman olganda, bugun tarixçilar va ekspertlar Stalin qatağonlari haqida berilgan rasmiy statistikaga işonmaydi.
Ularning fikriga köra, rasmiy ma’lumotlar ança kamaytirib körsatilgan.
Masalan, tarixçi V.Popovning bildirişiça, 1923-1953 yillarda Stalin tuzumi tomonidan qatağon qilingan şaxslarning umumiy soni 40 milliondan kam emas.
Stalin qatağonlarining ijroçilari
Stalin qatağonlarining asosiy ijroçilari NKVDning rahbarlari G.Yagoda, N.Yejov hamda L.Beriya bölişgan. Keyinroq ularning taqdiri ham ayançli yakunlanadi.
Yagoda 1934-1936 yillarda NKVDga rahbarlik qiladi. 1936 yil 26 oktyabrda vazifasidan ozod etiladi. 1937 yil 28 martda qamoqqa olinib, tergov qilinadi va 1938 yil 15 martda sud hukmiga köra otib taşlanadi.
1936 yil 26 sentabrda Yagodaning örniga NKVD rahbari etib N.Yejov tayinlanadi. Yejov NKVD rahbari sifatida bor-yöği ikki yil işlaydi. 1938 yil 24 noyabrda uni böşatişadi va suv transporti komissari lavozimiga ötkazişadi.
1939 yilda Yejovni öz kabinetidan qöliga kişan taqib uning örniga NKVD rahbari bölgan Beriyaning özi olib çiqib ketadi.
Beriya va Stalin
1940 yil 3 fevralda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi Yejovni ham otuvga hukm etadi. 4 fevral kuni hukm ijro etiladi.
Stalin qatağonlarining eng yovuz ijroçilaridan biri Lavrentiy Beriya 1938 yil 22 avgustda NKVD rahbari etib tayinlanadi.
Stalin vafotidan keyin, uning sodiq xizmatkori sifatida Beriyaning boşida ham qora bulutlar aylana boşlaydi. 1953 yil 26 iyunda Xruşçyov SSSR Ministrlar Sovetining maxsus yiğilişini çaqiradi.
Yiğilişda Beriya masalasi köriladi va uni «mamlakatning sotsializm yölidan rivojlanişga tösiq bölayotgan şaxs» sifatida va yana bir qator ayblar bilan ayblaşadi va öşa yerning özida qamoqqa olişadi.
Beriyaning qöliga kişanni şaxsan marşal Jukovning özi taqadi. Beriya 1953 yil 24 dekabrda SSSR Oliy sudi tomonidan otuvga hukm qilinadi va hukm öşa kunda ijro etiladi.
Şu tariqa, Stalin qatağonlarining asosiy ijroçilaridan yana biri öz jazosini oladi. Stalin vafotidan keyin uning insoniyatga qarşi qilgan jinoyatlariga munosib baho beriladi.
Bugun aksariyat tarixçilar Stalinni Adolf Hitler bilan bir safga qöyadi. Hitler uruş tufayli millionlab insonlarning ölimiga sababçi bölgan bölsa, Stalin tinç zamonlarda millionlab insonlarni yostiğini quritgan va insoniyatning katta bir bölagiga barça yomonliklarni qöllab körgan.
Bugun Stalinning yovuzliklaridan gap ketganda, tarafdorlari uning qattiqqöllik bilan faşizm ustidan ğalaba qozonganini dastak qilişadi. Stalin faşistlar Germaniyasini yenggan bölsa-da, SSSRga hujum qilguniça u boşliq davlat Germaniyaga ittifoqdoş bölgan. Qolaversa, öşa uruşda bolalarini uruşga jönatib, kamiga bir burda nonini özi yemay, frontga jönatgan xalqning ham hissasi katta bölgan. Şuni unutmasak bas.