Rossiya Kommunistik partiyasi KPSS MQ birinçi kotibi Nikita Xruşçyovning partiya XX s’yezdida Iosif Stalin şaxsini qoralagan ma’ruzasini notöğri deb e’lon qildi. Rossiya Kommunistik partiyasining Moskva viloyatidagi qurultoyida qabul qilingan rezolyutsiyada Xruşçyovning «Şaxsga siğiniş va uning oqibatlari töğrisida»gi ma’ruzasini «notöğri va siyosiy tarafkaşlik» deb ataş zarurligi ta’kidlangan, deb yozadi RIA «Novosti» 6 iyul, yakşanba kuni.

Bir kun avval «Interfaks» öz ixtiyoridagi rezolyutsiya loyihasi matniga tayanib, hujjat Stalinga nisbatan «töliq tarixiy adolatni tiklaş»ga qaratilgani haqida xabar bergan edi.

Xruşçyov tomonidan KPSS XX s’yezdining yopiq majlisida taqdim etilgan ma’ruzada «I.V.Stalinga qarşi soxtalaştirilgan faktlar va yolğon ayblovlar mavjud, uning davlat va partiya faoliyati haqidagi haqiqat buzib körsatilgan», deya agentlik öz ixtiyoridagi rezolyutsiya loyihasidan iqtibos keltiradi.

Kommunistlar, şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Volgograd va Volgograd viloyatini avvalgi «Stalingrad va Stalingrad viloyati» nomiga qaytariş böyiça murojaat bilan çiqiş niyatida ekanini e’lon qildi.

Sönggi yillarda Rossiyaning önlab şaharlarida Stalin haykallari paydo böldi. May oyida Moskva metrosida sovet diktatori bölgan haykaltaroşlik kompozitsiyasi oçildi. Ayni paytda Stalin qatağonlari qurbonlari yodgorliklari vayron qilinmoqda. Aprel oyida Volgograd aeroporti «Stalingrad» deb özgartirildi.