Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 30 nafardan oshdi
Turkiya qutqaruv xizmatlari Elyazig‘ viloyatida yuz bergan vayronkor zilzila qurbonlari soni keskin oshganini ma'lum qildi.
Anadolu axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, qutqaruv-qidiruv ishlari davomida 31 kishining jasadi topilgan. Shu bilan birga, 40 dan ko‘proq odam vayronalar ostidan chiqarib olingan.
1500 dan ko‘proq odam turli jarohatlar olgan, ulardan ba'zilarining ahvoli og‘ir.
Bu orada Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo‘ja zilziladan bir kun keyin ikki yoshli qiz va uning onasi vayronalar ostidan qutqarib olinganini ma'lum qilgan.
Shuningdek, tabiiy ofat hududida 72 ta uy vayron bo‘lgan, 923 ta uyga shikast yetgan. 15 mingdan ko‘proq kishi sportzallar, mehmon uylari va universitetlar kampuslarida vaqtinchalik boshpana topgan.
24 yanvar kuni Turkiyaning Sivrij shahri yaqinida 6,8 magnitudali zilzila yuz bergandi. Uning kuchi shuningdek qo‘shni Iroq, Suriya va Livanda sezilgan.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026